Osiyo Kubogi. Yaponiya irodali tarzda Turkmanistonni mag'lub etdi
09 jan 2019 17:50
Yangiliklar


Osiyo Kubogi. Yaponiya irodali tarzda Turkmanistonni mag'lub etdi
Ushbu sahifada o'yinning eng muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.
Japan Yuya Osako - 56', Yuya Osako - 60', Ritsu Doan - 71' |
Asian Cup Grp. F . 1-tur 09/01/2019, 16:00 2
:
3
Tugadi
|
Turkmenistan Arslanmyrat Amanov - 26', Ahmet Atayev - 79' |
Stadion: Al Nahyan Stadium, 5725 tomoshabin
Bosh hakam: Alireza Faghani
18-daqiqada hisob ochilishi mumkin edi. Mekan Saparovning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida hisob ochildi. Arslonmurod Amonovning uzoq masofadan bergan superzarbasini darvozabon qaytara olmadi. Ushbu golni telegramdagi kanalimizdanko'chirib olishingiz mumkin.
39-daqiqada hisob 0:2 bo'lishi mumkin edi. Bu pallada Ruslan Mingazovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi.
41-daqiqada Gaku SHibasakining zarbasini darvozabon qaytardi.
Uchrashuvning 56-daqiqasida yaponlar raqib jarima maydonchasi ichiga bemalol kirib borishdi. Ajoyib uyushtirilgan hujumni Yuya Osako gol bilan yakunladi.
Turkmaniston himoyasi parchalanib ketdi. Oradan 4 daqiqa o'tdi va himoyachilarning qo'pol xatolari sababli Yuya Osako dublni rasmiylashtirdi.
Yaponiyaliklar istalgan uslubi bilan gol urmoqda. Bu safar Doan Ritsuning bergan zarbasi rekoshet bo'lgan holda golga aylandi.
79-daqiqada Ahmet Ataev penaltidan unumli foydalandi va hisobni qisqartidi.
YAPONIYA - TURKMANISTON 3:2
Abu-Dabi. "Al Nahyan" stadioni.
Gol: Arslonmurod Amonov (27, 0:1), Yuya Osako (56, 1:1), Yuya Osako (60, 2:1), Doan Ritsu (71, 3:1), Ahmet Ataev (79-pen, 3:2).
Yaponiya - 12. Gonda SHiuchi, 5. Yuto Nagatomo, 7. Gaku SHibasaki, 8. Genki Xaraguchi, 9. Takumi Minamino (Koya Kitagava, 72), 15. Yuya Osako, 16. Takexiro Tomiyasu, 19. Xiroki Sakai, 20. Tomoaki Makino, 21. Doan Ritsu, 22. Maya Yoshida.
Turkmaniston - 1. Mamet Orazmuhamedov, 2. Zafar Bobojonov, 4. Mekan Saparov, 5. Vezirgeldi Ilyasov, 6. Gurbangeldi Botirov, 7. Arslonmurot Amonov (11. Murod Yaxshiev, 69), 8. Ruslan Mingazov (Mixail Titov, 85), 9. Vohid Orazsaxedov (17. Oltimurod Annadurdiev, 59), 12. Sardor Annaorazov, 19. Ahmet Ataev, 21. Resul Xo'jaev.
Ogohlantirish: Xiroki Sakai (33).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar