So’nggi yangiliklar

08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2

Osiyo Kubogi. Avstraliya - Iordaniya. O'yindan oldingi matbuot anjumani Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Avstraliya - Iordaniya. O'yindan oldingi matbuot anjumani

Ertaga "B" guruhi jamoalari 1-tur bahsini o'tkazishadi.

Osiyo Kubogining amaldagi sohibi Avstraliya ertaga dastlabki turni Iordaniyaga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. 

Malumot uchun, Avstraliya - Iordaniya bahsi Al Ayndagi "Hazza bin Zayed" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin bizning vaqt bilan 16:00da boshlanadi.

Matbuot anjumanida Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grexem Arnoldning fikrlari quyidagicha bo'ldi: "Biz to'rt yil oldin chempion bo'lgandik. O'shanda musobaqa o'z maydonimizda o'tganini ham unutmasligimiz kerak. Lekin bu natijaga ham to'rt yil bo'ldi. Endi esa tarixni boshqatdan yozishning vaqti keldi. Hozir o'tmish bilan yashashning mavridi emas va kelajakka boqish lozim. Buyog'iga hammasini boshidan boshlamoqchimiz. Navbatdagi Osiyo Kubogiga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdik, buning mevasini chempionat davomida olishga harakat qilamiz".

Avstraliya bosh murabbiyining aytishicha, Metyu Leki hozircha o'yinga tayyor emas, chunki "Gerta" yarim himoyachisi jarohatini davolayapti.

"U tez orada sog'ayib safga qaytadi. Osiyo Kubogi faqat bitta o'yindan iborat emas va bu o'rinda shoshilmagan maqul. Metyu Leki professional futbolchi, u har bir mashg'ulotda astoydil ter to'kadi. O'ylaymanki, Falasti bilan o'yingacha yarim himoyachimiz tayyor bo'ladi".


Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Vital Borkelmans savollarga javob qaytardi.

"Avstraliya - juda kuchli jamoa, bunga shubha yo'q. Bu jamoa jahon chempionatida ham o'zini ko'rsata oldi. O'ylaymanki, navbatdagi Osiyo Kubogi ham Avstraliya uchun omadli kechadi. Biz uchun esa nafaqat bu jamoaga qarshi bahs, balki har bir o'yin muhim ahamiyat kasb etadi. Bizni shuningdek, Suriya bilan Falastinga qarshi bahslar ham kutib turibdi. Umuman olganda juda qiziq guruhdan joy olganmiz. Jamoam ham jismoniy, ham ruhiy tomondan bellashuvga tayyor. Biz Xitoy, Qirg'iziston va Qatarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdik. Endi Avstraliya bilan ham tengma-teng kurashishga harakat qilib ko'ramiz", - deydi belgiyalik mutaxassis.

Avstraliya - Iordaniya: o'zaro o'yinlar

29 mart, 2016
Avstraliya - Iordaniya 5:1 (JCH saralash) 

8 oktyabr, 2015
Iordaniya - Avstraliya 2:0 (JCH saralash) 

11 iyun, 2013
Avstraliya - Iordaniya 4:0 (JCH saralash) 

11 sentyabr, 2012
Iordaniya - Avstraliya 2:1 (JCH saralash)


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика