So’nggi yangiliklar

10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  0 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18

Osiyo Kubogi-2019. Xitoy - Qirg'iziston. O'yinoldi matbuot anjumani Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Xitoy - Qirg'iziston. O'yinoldi matbuot anjumani

Xitoy - Qirg'iziston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida ikkala jamoa ustozlari qatnashishdi.


Dastlab Xitoy bosh murabbiyi Marchello Lippi jurnalistlar savollariga javob berdi.


"Barchasi juda oddiy. Maqsadimiz imkon qadar yaxshi natija qayd etish.

Bu musobaqaga 40 kun davomida tinimsiz tayyorlandik. Osiyo Kubogida Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Avstraliya kabi favoritlar bor. Ammo bunday musobaqalarda doim qaysidir jamoa syurpriz taqdim etadi. SHunday qilib biz syurpriz jamoa bo'lishimiz mumkin. Xitoy mamlakatida 7 yildan buyon ishlayapman. Xitoylik muxlislarga xursandchilik taqdim etmoqchiman.

Afsuski Vey va Ksiao birinchi o'yinda bizga yordam bera olishmaydi. Ular ikkinchi turda safga qaytishadi. Jamoamiz sardori Jeng Ji Qirg'iziston bilan bahsda bizga yordam bera olmasligini oldindan bilardik. Hamda o'yin uchun rejalarimizni usiz tuzdik.

Qirg'iziston terma jamoasi ishtirokidagi oxirgi 6-7ta o'yinni tomosha qildim. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilaman. Ular bilan o'yinda qanday o'ynashni bilamiz. Bugungi texnologiyalar tufayli raqiblarimiz ham biz haqimizda barchasini biladi deb o'ylayman", - deydi Marchello Lippi.  



SHundan keyin Qirg'iziston ustozi Aleksandr Krestinin o'z fikrlarini bildirdi.

"Hech kim tajriba bilan tug'ilmaydi. Uni sekin-asta to'plab boramiz. Musobaqaga sifatli tarzda tayyorlandik. Tayyorgarlik o'tgan yil bahor faslida, yo'llanmaga ega chiqqanimizda boshlangandi. Bir qator kuchli jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdik. Umuman olganda biz musobaqaga tayyormiz.

Xitoyda juda tajribali murabbiy bor. To'g'ri u Jahon chempioni bo'lgan. Ammo Lippi Xitoy bilan chempion bo'lmagan. Biz autsayder emasmiz, bu Xitoy OAVning fikri. O'yin 0:0 hisobi bilan boshlanadi, u yog'i nima bo'ladi ko'ramiz. Xitoy haqida bilganlarim: Kuchli va yaxshi jamoa. Biz raqib emas o'z o'yinimiz haqida bosh qotirayapmiz.

Xitoy safida etakchilar juda ko'p. Maydonda 11 nafar futbolchi o'ynaydi. Biz yuqori saviyada o'ynashga tayyormiz", - deydi Aleksandr Krestinin.  


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика