So’nggi yangiliklar

17:16"Реал" футболчисининг жароҳати қайталанди  0 16:49Бундеслиганинг ТВ бўйича 2025/26 йилги мавсум учун пул тақсимоти: ҳар бир клуб қанча олади?  0 16:22Аббос Файзуллаев Шомуродовнинг жамоадошига айланиши мумкин  12 15:55Ўзбекистонлик ҳакамлар Индонезияда Президент Кубоги финалида ишлайди  0 15:32Саратонни енгган "Атлетик" футболчиси допинг туфайли дисквалификация қилинди  0 15:05ЎзПФЛ делегацияси АҚШда MLS тажрибасини ўрганмоқда  7 14:48Алвес ЦСКА футболчисига айланди. Унга 7-рақам берилди  5 14:30"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади  0 14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  5 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  7 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1 12:46Италия, Германия, Россия ва Осиё қитъаси вакиллари "Динамо" футболчисига қизиқмоқда. Музокаралар давом этмоқда  15 12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  5 11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  9

Osiyo Kubogi-2019. Stadionlar muxlislarni qabul qilishga tayyor Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Stadionlar muxlislarni qabul qilishga tayyor

Osiyo Kubogi tarixida birinchi marta o'yinlar 8ta stadionda o'tkaziladi.

Atigi uch kundan keyin BAA - Bahrayn uchrashuvi bilan navbatdagi Osiyo Kubogiga start beriladi. BAA poytaxti Abu Dabidagi "Zayed Sports City" stadioni musobaqaning ham ochilish, ham final bahsiga mezbonlik qiladi. Mazkur stadion sig'imi 43,000 muxlisga mo'ljallangan bo'lib, o'yingoh Abu Dabi xalqaro aeroportidan 20 km. uzoqlikda joylashgan.

Abu Dabida yana bitta stadion mavjud bo'lib, "Mohammad Bin Zayed Stadium" deb nomlanadi va sig'imi 40,000 o'rindiqqa ega. Bu o'yingohda futboldan tashqari bazan kriket bellashuvlari ham o'tkazib turiladi. Abu Dabidagi uchinchi stadion "Al Nahyan Stadium" deb nomlanadi va bu erda beshta uchrashuv o'tkaziladi.

Osiyo Kubogi o'yinlariga Dubaydagi ikkita stadion mezbonlik qiladi. "Al Maktoum Stadium" unchalik katta emas. 15,000 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan ushbu arena metroga juda yaqin joylashgan hamda bu erda oltita o'yin o'tkaziladi. Dubaydagi ikkinchi stadion "Rashid Stadium" bo'lib, bu erda O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi o'tkaziladi. Umuman aytganda bu erda musobaqaning 5ta o'yini bo'lib o'tadi.

Dubaydan uzoq bo'lmagan SHarjadagi "Sharjah Stadium" 11,000 tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, bu erda 6ta o'yin o'tkaziladi. Osiyo Kubogi o'yinlari o'tkaziladigan to'rtinchi shahar esa Al Ayn. Bu erda ikkita stadion bahslarni o'zida qabul qiladi. Sig'imi 25,000 bo'lgan "Hazza Bin Zayed Stadium" 8ta uchrashuvga mezbonlik qiladi. Birmuncha kichikroq "Khalifa Bin Zayed Stadium"da esa 6ta o'yin bo'lib o'tadi. Ushbu arena o'z bag'riga 16,000 ishqibozni sig'dira oladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика