So’nggi yangiliklar

16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  16 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9

Osiyo Kubogi-2019. Hindiston bosh murabbiyi: "Tailand bilan bahs o'zgacha kechadi" Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Hindiston bosh murabbiyi: "Tailand bilan bahs o'zgacha kechadi"

BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida Hindiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Hindiston "A" guruhidan joy olgan bo'lib, o'z o'yinlarini Tailand, Bahrayn va BAAga qarshi o'tkazadi. Ayni paytda bu jamoaga angliyalik Stefen Konstantin murabbiylik qilmoqda. U 2015 yil terma jamoani qabul qilib olgandi.

Stefen Konstantin OFK rasmiy saytiga intervyu berar ekan shunday dedi: "Men guruhdagi raqibimiz Tailand bosh murabbiyi Milovan Rayevacni yaxshi bilaman. CHunki ikkalamiz ham Afrika qitasida ishlaganmiz. Bir necha yil oldin mening boshqaruvimdagi Sudan terma jamoasi uning qo'l ostidagi Gana bilan o'ynagan va biz 0:2 hisobida yutqazib qo'ygandik".

"Rayevac tajribali murabbiy, uning malakasi katta. Osiyo Kubogida dastlabki uchrashuvni Tailandga qarshi o'tkazamiz. Bu o'yin men uchun muhim ahamiyat kasb etadi".

SHuni aytish lozim, Hindiston o'z tarixida uchinchi bor Osiyo chempionatida qatnashadi. Bu jamoa birinchi marta 1984 yil ishtirok etgan. SHuningdek, Qatarda o'tkazilgan Osiyo Kubogi-2011da ham qatnashgan. O'shanda hindlar guruhdagi uchala o'yinni boy berishgan.

"Osiyo Kubogi ishtirokchilarining 16tadan 24taga oshirilishi har tomonlama foydali bo'ldi, - deydi angliyalik mutaxassis. - Yo'qsa, biz chiqa olmasligimiz ham mumkin edi. Endi buyog'iga faqat yaxshisidan umid qilishimiz kerak. Biz uchun BAA bilan kechadigan bahs ham muhim rol o'ynaydi. Bu o'yinda bosim yuqori bo'ladi deb o'ylayman".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика