So’nggi yangiliklar

23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  3 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  5 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  106 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  215 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  6 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  11 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  34 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3

Osiyo Kubogi-2019. "F" guruhi murabbiylari Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. "F" guruhi murabbiylari

BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi startiga borgan sari kam vaqt qolyapti.

Quyida eng oxirgi guruh - "F" guruhi jamoalari murabbiylarini tanishtirib o'tamiz. Malumki, bu guruhdan O'zbekiston terma jamoasi ham o'rin olgan.

"F" guruhi - Yaponiya, O'zbekiston, Ummon, Turkmaniston.

Xajime Moriyasu (Yaponiya bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 23 avgust, 1968 y.


O'z vaqtida 14 yil "Sanfrechche Xirosima" klubida to'p tepgan ushbu murabbiy Yaponiyani qita chempionatiga jiddiy tayyorlashga harakat qilmoqda. U mundialdan keyin terma jamoani qabul qilib olganidan beri "samuraylar" beshta o'yinda mag'lubiyatga uchrashmadi. Yaponiya bu murabbiy bilan beshinchi bor Osiyo Kubogini yutishga bel bog'lagan.

Ektor Kuper (O'zbekiston bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 16 noyabr, 1955 y.


O'zbekiston milliy terma jamoasi ham xorijlik murabbiyga ega bo'ldi. JCH-2018da Misr termasini boshqargan 63 yoshli Ektor Kuper hozirda vatanimiz terma jamoasiga murabbiylik qilyapti. U bilan 3+1 ko'rinishda shartnoma imzolangan. Bungacha Kuper uch yil Misr termasini boshqargan.

Pim Verbek (Ummon bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 12 mart, 1956 y.


62 yoshli gollandiyalik mutaxassis Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Uning qo'l ostida yaxshi jamoa shakllanayotganidan xabarimiz bor. Ushbu murabbiy bilan Janubiy Koreya Osiyo Kubogi-2007da uchinchi o'rinni olgandi. O'tgan yil esa Ummon bilan Ko'rfaz Kubogida zafar quchgan.

Yazguli Xojageldiev (Turkmaniston bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 16 fevral, 1977 y.


Turkmaniston terma jamoasi ustozi haqida ko'p malumotga ega emasmiz. Faqat shuni aytish mumkin, 41 yoshli mutaxassis "Oltin Asr" klubida ham bosh murabbiy bo'lib ishlaydi. Malumki, "Oltin Asr" shu mavsum OFK Kubogida ikkinchi o'rinni egalladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика