So’nggi yangiliklar

00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  0 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   36 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  9 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik. Dastlabki maqolamiz 1956 yil Gonkong mezbonlik qilgan tarixdagi ilk Osiyo Kubogi haqida bo'ladi.

Bundan 62 yil muqaddam Gonkongda sentyabr oyining dastlabki 15 kunligida bo'lib o'tgan musobaqada atiga 4ta terma jamoa ishtirok etgan xolos. Mezbon bo'lgani uchun Gonkong saralashdan ozod etilgan. Markaziy, SHarqiy va G'arbiy mintaqa saralashida bittadan jamoa finalga chiqqan.

Markaziy mintaqa saralashi finalida Janubiy Vetnam Indoneziya bilan o'ynashi kerak bo'lgan. Biroq Indoneziya mazkur o'yinda qatnashmagan va Janubiy Vetnam Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritgan.

SHarqiy mintaqa saralashida Janubiy Koreya dastlab Filippinni (uyda va safarda) umumiy 5:0 hisobida mag'lub etgan. Finalda Xitoy ikkala bahsda ham (2:0, 2:1) taslim qilingan hamda Koreya Osiyo Kubogiga chiqqan edi.

G'arbiy mintaqa saralashida o'sha paytda Osiyoda o'ynagan Isroil terma jamoasi g'olib bo'lgan. Qiziqarli tomoni Isroil Pokistonni ham, Afg'onistonni ham maydonga tushmasdan "mag'lub etgan" va final bosqichiga chiqqan.

Osiyo Kubogi final bosqichida 4ta jamoa bitta guruhda kubok uchun kurash olib borishgan. Qita chempionatining barcha o'yinlari Gonkong shahridagi 28000 tomoshabinga mo'ljallangan "Hukumat" stadionida o'tkazilgan.

Koreyslar dastlab mezbon Gonkong bilan qiziqarli o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etishgan. Ikkinchi o'yinda Naum Stelmah etakchiligidagi Isroil terma jamoasi 2:1 hisobida mag'lub etilgan. Musobaqa davomida 4ta gol urgan Stelmah dastlabki Osiyo Kubogining to'purari bo'lib tarixda qolgan.

Nihoyat so'nggi turda Janubiy Vetnam bila bahsda 5:3 hisobidagi g'alaba Janubiy Koreyani birinchi Osiyo Kubogidagi birinchi chempionga aylantirgan.



Osiyo Kubogi-1956
Mezbon mamlakat:
Gonkong
Muddati: 1-15 sentyabr
Jamoalar soni: 4ta
Mezbon shahar: 1ta

Musobaqa statistikasi
O'yinlar soni
: 6ta
Gollar soni: 27ta (o'rtacha 4,5tadan)
Tomoshabinlar soni: 136000 (o'rtacha 22667)
To'purar: Naum Stelmah (Isroil) - 4ta gol



Osiyo Kubogi-1956 barcha o'yinlar
1 sentyabr
Gonkong – Isroil 2:3
Gollar:
Au CHi Yin 12, 66 – Gleyzer 37,76, Stelmah 69

6 sentyabr
Janubiy Koreya – Gonkong 2:2
Gollar: 
Kim Ji Sung 45, CHoi Kvang Seok 62 – Tang Ye Kit 10, Ko Po Keung 39

8 sentyabr
Isroil – Janubiy Koreya 1:2
Gollar: 
Stelmah 71 – Vu Sang Kvon 52, Sung Nak Vun 64

9 sentyabr
SHarqiy Vetnam – Gonkong 2:2
Gollar
: Tran Van Tong 30, Lu Xu Duk 64 – CHu Ving Vax 59 pen, Lau CHi Lam 79

12 sentyabr
Isroil – SHarqiy Vetnam 2:1
Gollar: 
Stelmah 14, 27 – Tran Van Tong 58

15 sentyabr
Janubiy Koreya – SHarqiy Vetnam 5:3
Gollar: 
Sung Nak Vun 5, Vu Sang Kvon 41 pen, 58, CHoi CHung Min 57, 66 – Trai Van Dao 20, Lu Xu Duk 51, 63.


#

Osiyo Kubogi-1956

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Janubiy Koreya

3

2

1

0

9-6

5

2

Isroil

3

2

0

1

6-5

4

3

Gonkong

3

0

2

1

6-7

2

4

SHarqiy Vetnam

3

0

1

2

6-9

1


* - o'sha paytlarda g'alaba uchun 2 ochkodan berilgan.


Osiyo Kubogi-1956 chempion tarkib
Darvozabonlar

Xam Xeung CHul
Park Sang Xun

Himoyachilar
CHa Te Sung
Park Je Seung
Sok Jin Du
Son Myung Sub

Yarim himoyachilar

Kim Dong Geun
Kim Xong Bok
Kim Jin Vu
Kim Ji Sung
Li Su Nam

Hujumchilar
Sung Nak Vun
CHoi Kvang Seok
CHoi CHung Min
Park Kyung Xo
Kim Yong Jin
Vu Sang Kvon
Bosh murabbiy: Li YU Xyung



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика