Noyer: "Mavsum oxirida "Borussiya D" bilan o'rnimiz almashadi"
08 jan 2019 10:58
Yangiliklar


Noyer: "Mavsum oxirida "Borussiya D" bilan o'rnimiz almashadi"
"Bavariya" posboni Manuel Noyer mavsumning ikkinchi qismidan nimalar kutayotganini malum qildi.
"Biz g'alaba qozonish va o'z vazifamizni bajarishni xohlaymiz. Bu etarlicha qiyin bo'ladi. G'alabali seriyamizni gol o'tkazib yubormasdan boshladik. Albatta, bu jamoaning ijobiy tarafga o'zgarayotganidan darak beradi. "Bavariya" tayyorgalik ko'rish uchun mashg'ulotga yaxshi kayfiyatda etib keldi. O'ylaymanki, mavsum yakunida "Borussiya D" bilan o'rnimiz almashadi", — deya Noyerning so'zlarini keltirdi myunxenliklar matbuot xizmati.
Bundesligada 17ta turdan so'ng, "Borussiya D" birinchi (42 ochko), "Bavariya esa 36 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar