25 fev 2019 16:47

"Navbahor": Yoshlar jamoamizdan omadli odim

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Namanganning “Navbahor” U-21 yoshlar jamoasi Andijon viloyatida 24 fevraldan start olgan “Hokim kubogi - 2019” musobaqasida qatnashmoqda.

Mazkur turnirda 13 ta jamoa 3 ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etmoqda. Yoshlar jamoasi “UzDong Yang”, “UzSemYUng” va “Asaka” jamoalari bilan birgalikda “A” guruhidan joy oldi.

Rahim G'ofurov shogirdlari mazkur musobaqadagi ilk bahsni 24 fevral kuni “Asaka”ga qarshi o'tkazib, yirik – 5:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Yoshlar jamoasining gollariga Husayn Ergashboev (2 ta), Komil Tojiddinov, Mahmud Najmiddinov hamda Mirjalol Abdumutalov mualliflik qilishdi.

Mazkur guruhning 2-bahsida “UzDong Yang” “UzSemYUng” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.

"Navbahor" yoshlarining guruhdagi 2-o'yinni ertaga “UzSemYUng”ga qarshi o'tkazishadi.

Manba : “Навбаҳор” матбуот хизмати
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +9 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика