21 iyu 17:46

"Navbahor" 7 kun ichida FIFA taqiqidan qutulishi, sobiq futbolchilari oldidagi qarzlarini to'lab berishi lozim - PFL

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Yozgi transfer oynasi yopilishiga 9 kun vaqt qoldi.

Liga "Navbahor" klubining yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi yuzasidan o'z xavotirini bildiradi

"30 iyul sanasi tugashi bilan Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan klublar uchun futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish tizimi yopiladi. 

Ayni vaqtda barcha klublar Liga bilan o'zaro shartnomalarni muvofiqlashtirish ustida ish olib bormoqda. "Navbahor" klubi esa nafaqat mazkur masala yuzasidan kechikmoqda. Balki ikki katta muammo qarshisida turibdi. 

Birinchidan, "Navbahor" yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazish huquqiga ega emas. Boisi, FIFA Giorgi Nikabadze davosini qanoatlantirgan bo'lib, klub o'z sobiq futbolchisi oldidagi qarzdorligini bartaraf qilmagunga qadar, "Navbahor" uchun transfer taqiqini joriy qilgan. 

Ikkinchidan, "Navbahor" shu yilgi qishki transfer oynasi davomida sobiq futbolchilari Jamshid Iskanderov, Farruh Sayfiev, Jamshid Boltaboev oldidagi qarzlarini to'lab berishi lozim edi. Biroq keyinchalik O'zbekiston futbolchilari uyushmasi va davogar futbolchilar "Navbahor" bilan kelishib, qarzdorlik bosqichma-bosqich bartaraf qilinishini nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi. O'FUning 19 iyul kuni Liga hamda O'FA tegishli qo'mitasiga yozgan xatida "Navbahor" kelishuvlarga amal qilmagani ko'rsatib o'tilgan. Bu kabi holat qayta-qayta takrorlanayotganidan kelib chiqib, Uyushma endilikda faqatgina taqiq bilan cheklanib qolmay, FIFA nizomlari asosida "Navbahor" klubidan 6 ochko olib tashlash davosini ilgari surgan. 

Ligaga malum bo'lishicha, "Navbahor" yozgi transfer oynasi davomida bir qator yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgan. Biroq ularni ro'yxatdan o'tkazish masalasi hozircha ochiq turibdi. Oldindagi 9 kun davomida klub avvaliga FIFA qo'ygan taqiqni olib tashlashi, keyinchalik O'FU bilan kelishuv shartlarini bajarishi, shuningdek, Liga oldidagi majburiyatlariga etibor qaratishi lozim. 

Malumot uchun, 26-27 iyul sanalari ish kunlari hisoblanmaydi. Shundan kelib chiqilsa, "Navbahor" 7 ish kuni ichida vaziyatdan chiqib ketishi talab etiladi. 

"Navbahor" qayd etayotgan natijalar, joriy mavsum klub namoyish etayotgan o'yinlar va klub olib borayotgan siyosat yildan-yilga yaxshilanib borayotganligini qayd etgan holda, yuqoridagi ko'rsatilgan masalalar bir necha kun davomida ijobiy hal etilishiga umid bildiramiz", – deyiladi PFL xabarida. 

Avvalroq "Navbahor"ga FIFA taqiqi qo'yilgani va klub yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi haqida xabar bergan edik. 

Manba : pfl.uz
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +8 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

+7
21/07 19:27
BXZ BXZ
Mansur90 foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu PFL oldida FIFA ham ip esholmay qoliyabdi
Пфлни бу ерда нима гунохи бор Навбахор футболчилар билан контракт тузган ва буни бажармаган . Никабидзе Фифага арз килган колган учта у́збек футболчилари Пфлга арз килган Пфл иложи борича Навбахорга ёрдам килиб у́збек футболчилари билан келиштирган ва пулни бу́либ берилишига эришган яна Навбахор келишувни бузиб пулларни ту́ламаган нима Пфл яна нима килиб берсин Навбахор учун карздорликни ту́лаб берсинми . У́йлай у́йламай Пфлни айбдор килиш осон .Тепадагини яхшилаб у́киб чикинг олдин .
+6
21/07 22:36
Abror_Tursunov
O'zi qarzga osh yeydi , bir tiyini yo'q boyvochcha
+5
21/07 18:49
Герд Миллер
Шу Гулбахорди боши карздан чикмади да хеч. Хоким битта буйрук берса дамасчилар билан фермерлар тулаб беришади
+5
21/07 18:36
Kane 010 Kane 010
O'zi yalangoyoq yana yangi o'yinchilar olarmush
+4
22/07 01:24
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Mansur90 foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu PFL oldida FIFA ham ip esholmay qoliyabdi
ПФЛ АВБАХОРЧИКУ! ФИФА ЛЕКИН ИТАРАДИ АВ АВ КИЛСА ХАМ...
+3
21/07 19:37
Фарход
Лушанга хам койил колмадим, мавсум бошида '"ёшларни тарбилаймиз водийда истетодлар куп, четдан бир -2та уйинчи таклиф киламиз, Уч йилдан сунг Чемпионлик учун кураш хакида гаплашсак булади ': деган эди. Яна кайтараман Пахтакор Нефтчи ва Навбахор булар Узбек футболи грандлари ахир.
+3
21/07 18:33
Zohidjon Usarov
Качонки клубларни хусусийлаштириш булмас экан шу бардак давом этаверади.
+2
21/07 20:18
Zohidjon Usarov
Никабадзе деган захирада утириб тузикрок уйнагани йук Баба билан сокка килди тварь.
+2
21/07 18:12
Tulkin Alimov
Бошқа давлатлардаям бундай воқеалар учраб турармикан ёки ФИФАга фақат бизникилар арз қилиб чиқишармикан? Деярли ҳар йили қайсидир командамизда бор бу гаплар.
+1
22/07 06:15
Gosha Goshayev
Xar baxor shu bular takror didiku.Futbilchilar shartnoma tuzishdan oldin tayyor bulsa kerak pulini osonlikcha olomasligiga ,shunaqa bulishini ohiri FIFA yoki PFL orqali olishiniyam biladi pulini.Xech qachon vaqtida berilmagan.Lekin shartnoma tuzvuradi bular.
+1
21/07 19:14
Akmal Valiev
Sanlarga nima
0
23/07 07:25
Job Ir
Герд Миллер foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу Гулбахорди боши карздан чикмади да хеч. Хоким битта буйрук берса дамасчилар билан фермерлар тулаб беришади
Шу навбахор доим жамоангни итариб юрганда аминг кичияпти
0
23/07 07:22
Job Ir
Kane 010 Kane 010 foydalanuvchining fikriga javob berish
O'zi yalangoyoq yana yangi o'yinchilar olarmush
Сани жамоангдака чичкок эмаску
0
22/07 12:11
Strong Connection System
Kane 010 Kane 010 foydalanuvchining fikriga javob berish
O'zi yalangoyoq yana yangi o'yinchilar olarmush
Озиниям кетинга тепса бир сум тушмаса керак гадойвачча
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика