So’nggi yangiliklar

21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  0 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  3 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  4 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  24

MLS-2019 yakuni haqida Yangiliklar

MLS-2019 yakuni haqida

Bugun, ushbu musobaqaga befarq bo'lmagan futbol ixlosmandlari etiboriga chempionat yakunlari bo'yicha bir qator qiziqarli rekordlar, natijalar va raqamlarni havola qilamiz.

Musobaqa saviyasi oshdi

Joriy mavsumda AQSH mahalliy ligasiga bo'lgan qiziqish birmuncha ortdi. Bunga etarlicha, sabablar bor. Birinchidan, Evropa yashil maydonlarida yulduzi porlagan va chiroyli o'yinlari bilan millionlab ishqibozlarni qalbidan joy olgan futbolchilarning olib kelinishi ishtirokchi jamoalarning saviyasini oshirdi. Ikkinchidan, avvalgi yillarga nisbatan olib qaraganda bu safargi mavsumda asosan "amerikacha futbol"ni jahon futbolidan ustun qo'yuvchi mahalliy muxlislar jahon yulduzlari o'rtasida bo'ladigan fantastik to'qnashuvlarga tashrif buyuurishdi va foydalinishga topshirilganidan beri uncha-muncha o'yinda deyarli yarmi huvillab qoladigan arenalarda anshlaglarni yuzaga keltirishdi. Uchinchidan, deyarli barcha klublarda tarkib asosini legionerlar tashkil qilishdi. SHuningdek, futbolchilar to'lib toshgan stadionlarda ikki karra ishtiyoq bilan harakat qilishdi va har bir jamoa o'z muxlislari haqqi-hurmati barcha bahslarda faqat g'alabani ko'zlab maydonda mardonavor kurashishdi.


Liga reglamenti

Musobaqaga mart oyida start beriladi va oktyabrda yakunlanadi. Yani bahor-kuz tizimida o'tkazilib kelinmoqda. AQSH va Kanada jamoalari 12 tadan ikki mintaqaga bo'lingan holda, o'zaro bahs olib borishadi. Mavsum yakunida o'z zonasida dastlabki olti o'rinni egallagan ishtirokchilar hal qiluvchi pley-off bosqichiga yo'l olishadi va asosiy bosh sovrin uchun kurashni davom ettirishadi. Yana shuni qo'shimcha qilish joizki, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallagan har ikkala jamoaga ham alohida kubok topshiriladi.

CHempionat tarixi


AQSH oliy ligasi birinchi marotaba 1996 yilda tashkillashtirilgan. O'shanda bosh sovrinni tarkibida Ueyn Runi harakat qilayotgan "Di Si Yunayted" qo'lga kiritgan. SHundan so'ng, orada malum sabablarga ko'ra uch yillik tanaffus yuzaga kelgan. Hozirda, XXI asr boshidan yani 2000 yildan beri muntazam o'tkazilib kelinayotgan musobaqada eng ko'p chempion bo'lgan jamoa bu - yaqindagina Zlatan Ibragimovichdek super yulduzi bilan xayrlashgan "Los-Anjeles Gelaksi". Ushbu klub 2002, 2005, 2011, 2012 va 2014 yillarda, besh marta shohsupaga ko'tarilgan. Dastlabki sovrindor jamoa - "Di Si Yunayted" mamlakatning to'rt karra chempioni hioblanadi. Joriy mavsumda bosh sovringa ega chiqqan "Sietl Saunders", "Sporting Kanzas Siti", "San-Xose" va "Xyuston Dinamo" jamoalari 2 martadan chempionlikka erishishgan. "CHikago Fayr", "Kolambus Kryu", "Real Solt-Leyk", "Kolorado Repids", "Portlend Timbers", "Toronto" hamda "Atlanta" klublari bittadan bosh sovringa ega chiqishgan.


Mavsumning eng yaxshilari

Eng yaxshi to'purar - Karlos Vela ("Los-Anjeles") - 34 ta gol;
Eng yaxshi pleymeyker - Maykl Barrios ("Dallas");
Eng yaxshi darvozabon - Vito Mannone ("Minnesota").

Ramziy terma jamoa:
Darvozabon
- Vito Mannone ("Minnesota"); himoyachilar - Uoker Cimmerman ("Los-Anjeles"), Maylz Robinson ("Atlanta"), Ayk Opara ("Minnesota"); yarim himoyachilar - Alexandro Posuelo ("Toronto"), Maksi Morales ("Nyu-York Siti"), Eduard Atuesta ("Los-Anjeles"), Karles Xil ("Nyu-Inglend"); hujumchilar - Xosef Martines ("Atlanta"), Karlos Vela ("Los-Anjeles") va Zlatan Ibragimovich ("Los-Anjeles Gelaksi").


Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика