Messi penaltisiz gollar bo'yicha Ronalduni ortda qoldirdi
20 iyu 10:07
Yangiliklar


Messi penaltisiz gollar bo'yicha Ronalduni ortda qoldirdi
38 yoshli argentinalik hujumchi, "Inter Mayami" sardori Lionel Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo'yicha yangi rekordchiga aylandi. U bu ko'rsatkichda Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Bu voqea 20 iyul kuni MLS doirasida "Nyu-York Red Bullz"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda sodir bo'ldi. Mazkur bellashuvda "Inter Mayami" raqibini safarda 5:1 hisobida mag'lub etdi. Messi ushbu uchrashuvda 2 ta gol va 1 ta golli pas bilan ajralib turdi — har ikki gol ham o'yin davomida (penaltisiz) kiritildi.
Shu tariqa, argentinalik yulduzning penaltisiz gollar soni 764 tani tashkil qildi. Ronaldu esa hozircha 763 ta shunday golga ega.
Umuman olganda, Messi 1114 ta rasmiy o'yinda 874 ta gol urgan, shulardan 110 tasi penaltidan. Ronaldu esa 1281 uchrashuvda 938 marta raqib darvozasini ishg'ol etgan, ulardan 175 tasi penaltidan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Айтганча агар Роналду тўрт еб, кола ичганида голлари сони икки мингтага етишигаям ишонтиришади.
Унинг айтишича фақатгина уша дори унинг кути бутунлай куйиб-ёниб кетишидан асраётган экан.