So’nggi yangiliklar

11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  0 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  3 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2

Marat Bikmaev ikkinchi marta ikkita uchrashuvga chetlatildi Yangiliklar

Marat Bikmaev ikkinchi marta ikkita uchrashuvga chetlatildi

Superliga 31-tur uchrashuvlari doirasidagi “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi vaqtida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Marat Bikmaev tomonidan odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirilgan edi.

O'yinchi butun o'zbek futboli jamoatchiligi diqqat-markazida turgan uchrashuv vaqtida qo'li bilan xunuk harakat ko'rsatdi va bu holat o'yinni tomosha qilayotgan ko'psonli ishqibozlar tomonidan salbiy qabul qilindi.

Bugun Etika qo'mitasi ushbu holat yuzasidan yig'ilish o'tkazdi va yuz bergan holatni atroflicha o'rganib chiqdi.

Qayd etish joizki, Superliga 23-tur uchrashuvlari doirasidagi “Metallurg” – “Lokomotiv” bahsi 90+4 daqiqasida ham “temiryo'lchilar” jamoasi zaxira o'rindig'ida o'tirgan Marat Bikmaev hakamlar guruhi shaniga nomaqul so'zlar ishlatgan edi. Natijada o'yinni boshqarib borgan hakam – Vladislav Ceytlin ushbu futbolchini maydondan chetlatib, yozma bildirgi orqali Bikmaev avvaliga zaxira hakamini, so'ngra butun hakamlar guruhini haqorat qilganini malum qilgan va natijada Bikmaev ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatilgan edi.

Marat Bikmaevning “Paxtakor”ga qarshi o'yinda ham odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirganini aslo oqlab bo'lmaydi. Zero milliy terma jamoa azosi barchaga o'rnak bo'lishi lozim aslida.

Etika qo'mitasi ushbu vaziyatni atroflicha o'rganib chiqqan holda Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo'lim, 5.45 bandining “G” qismini qo'pol ravishda buzgani etirof etilgan Marat Bikmaevning 31-tur o'yini vaqtida va ungacha bo'lgan 23-tur uchrashuvi paytida ham odob-ahloq qoidalaridan chetga chiqqanini inobatga olib, futbolchini 2 ta rasmiy o'yinga chetlatdi va futbolchiga nisbatan 20 million so'm miqdorida jarima belgilandi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика