So’nggi yangiliklar

20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  0 20:18"Реал" "Бенфика" футболчиснинг трансфери борасида келишувга эришди  1 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  0 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  1 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  12 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  2 17:43Венгер: "Менимча, Клублар ўртасидаги ЖЧ зарур"  1 17:16"Реал" футболчисининг жароҳати қайталанди  0 16:49Бундеслиганинг ТВ бўйича 2025/26 йилги мавсум учун пул тақсимоти: ҳар бир клуб қанча олади?  0 16:22Аббос Файзуллаев Шомуродовнинг жамоадошига айланиши мумкин  21 15:55Ўзбекистонлик ҳакамлар Индонезияда Президент Кубоги финалида ишлайди  0 15:32Саратонни енгган "Атлетик" футболчиси допинг туфайли дисквалификация қилинди  1 15:05ЎзПФЛ делегацияси АҚШда MLS тажрибасини ўрганмоқда  8 14:48Алвес ЦСКА футболчисига айланди. Унга 7-рақам берилди  5

"Lokomotiv" SHoahmedovga omad tiladi, O'lmasalievning transferini elon qildi va ... Yangiliklar

"Lokomotiv" SHoahmedovga omad tiladi, O'lmasalievning transferini elon qildi va ...

Garchi jamoaning tashkil etilganiga ko'p vaqt o'tmagan bo'lsa-da, "Lokomotiv" so'nggi yillar davomida 3 marta O'zbekiston chempionligi, 3 marta O'zbekiston kubogi va 1 marta O'zbekiston Superkubogi sovrinlarini qo'lga kiritdi.

Bir necha mavsumlardan buyon "Loko" sharafini kuchli futbolchilar himoya qilib kelishmoqda. Jamoa 3 yanvardan yangi 2019 yil uchun tayyorgarlikni boshlaydi va unda o'tgan mavsumda jamoani tashkil qilgan yigitlarning 90 foizi ishtirok etadi. Futbolchilar bilan shartnomalar uzaytirildi va ular 2019 yilgi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi.

SHuningdek, "temiryo'lchilar" qishda uch nafar yangi futbolchi bilan tarkibni kuchaytirib oldi. Yovan Jokich, Filipp Rayevac va Azizbek Haydarov keyingi mavsum O'zbekiston chempionati va xalqaro maydonda jamoamiz sharafini himoya qilishadi. SHuningdek, "Neftchi"ning yosh va iqtidorlik futbolchisi Avazbek O'lmasaliev jamoamiz bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.Keyingi mavsumda "Loko" yanada kuchliroq bo'lib qaytadi. Hammamiz bir tan-u bir jon bo'lib, amaldagi chempionlikni va xalqaro maydondagi o'yinlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga intilamiz.

Ikrom Aliboevning Janubiy Koreya hamda Sanjar SHoahmedovning Malayziyadagi faoliyatiga omad tilaymiz.

O'tgan yillar davomida "Lokomotiv"ning homiylari futbolchilarni nafaqat moddiy, balki barcha tomonlama yordam berishdi va bu uzoq yillar davom etadi. 2019 yilgi mavsumda ham jamoaning maqsadlari o'zgarmaydi. Maqsad - O'zbekiston chempionligi, O'zbekistoni kubogi va OCHLda munosib ishtirok!

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика