"Liverpul" Salohga o'rinbosar sifatida ko'rayotgan futbolchisiga 100 million evro to'lashga tayyor
12 sen 10:52
Yangiliklar


"Liverpul" Salohga o'rinbosar sifatida ko'rayotgan futbolchisiga 100 million evro to'lashga tayyor
"Liverpul" "Bavariya" yarim himoyachisi Maykl Oliseni sotib olmoqchi.
Saught Offside nashri xabar berishicha, Angliya jamoasi 23 yoshli yarim himoyachi uchun 100 million evro to'lashga tayyor. "Qizillar" Mayklni Muhammad Salohga ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" franciyalik futbolchini 2024 yilning yozida "Kristal Pelas"dan sotib olgandi. 2024/25-yilgi mavsum Olise barcha musobaqadagi 55 o'yinda 20 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma etkazib berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Bavaryaga kerak bolmay qolganlaridan tashqari.