Unda "Manchester Yunayted" jamoasi "Liverpul"ni qabul qiladi.
"Old Trafford" stadioni xodimlari APL 27-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" bahsidan oldin maydon chimiga sarimsoq piyoz sepib chiqishdi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar berdi va ana shu jarayonning tasvirlangan videoni ham efirga berdi.
Manbaning keltirishicha, bu principial raqibga qarshi to'qnashuv oldidan o'ziga hos yondashuv emas. Bu shunchaki, maydon chimini hasharot va zararkunandalardan himoya qilish usullaridan biri. Bunday uslubdan Premer-ligada oldin ham foydalanishgan.
VIDEO