So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Ivan Nagaev va Salamat Qutiboev bu yilgi mavsumni “Buxoro”da o'tkazadi Yangiliklar

Ivan Nagaev va Salamat Qutiboev bu yilgi mavsumni “Buxoro”da o'tkazadi

Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan “Buxoro” jamoasi imkon qadar o'z tarkibini puxta shakllantirib borishga xarakat qilmoqda.

Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov mahalliy yoshlar bilan bir qatorda ayrim chiziqlarga tajribali futbolchilarni ham jalb etmoqda.

Xususan o'tgan mavsum “Buxoro” sharafini himoya qilgan Salamat Qutiboev joriy yil ham jamoadagi faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi. U jamo safida to'p surib mehnatkash va pleymeyker vazifasini munosib tarzda bajarib kelmoqda. Tajribali yarim himoyachiga Superliganing bir nechta klublaridan chaqiruv bo'lishiga qaramay, Quttiboev “Buxoro”da qolishga qaror qildi va shu tariqa klub bilan tuzgan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.

SHuningdek murabbiylar shtabi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Ivan Nagaevni jamoaga qaytarishga qaror qildi. Ushbu tezkor hujumchi  2017 yilgi mavsumida jamoa safida 29ta uchrashuvda maydonga tushib,10ta gol urishga muvaffak bo'lgan va mahalliy muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgandi. SHu bois Nagaev yana sobiq jamoasiga qaytarildi.

Yaqinda jaroxatidan to'liq forig' bo'lgan futbolchi “Buxoro”ning umumiy guruhi bilan mashg'ulotlarga kirishdi. Aytish kerakki, Ivan Nagaev ham “Buxoro” jamoasi bilan rasman shartnoma imzoladi.

Bu bilan buxoroliklar selekciya ishlarini hozircha yakunlangani yo'q. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov hozirda yana ayrim futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda. Yaqinda orada ular bilan ham rasman kelishuvga erishilsa, bu haqda batafsil malumot beramiz.  

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика