So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Intervyu. Ilhom Yunusov: "Hokim kubogi" tashkilotchilariga rahmat" Yangiliklar

Intervyu. Ilhom Yunusov: "Hokim kubogi" tashkilotchilariga rahmat"

Farg'ona viloyati "Hokim kubogi-2019" musobaqasining "V" guruhi 1-turi doirasida o'tkazilgan "SHerdor" - "Qo'qon-1912" (1:3) uchrashuvidan so'ng Ilhom Yunusov saytimizga intervyu berdi.

- Futbolga kirib kelishingiz qanday kechgan?
- Dastlab futbolga kirib kelishim Samarqand futbol maktabi orqali boshlangan. Aynan Samarqand futbol maktabida futbol bo'yicha ilk bilimlarimni olganman.

- Futboldagi birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?
- Mening futboldagi birinchi murabbiyim rahmatlik Qahramon Mamatqulov bo'lgan. U kishi vafot etganlar, joylari jannatda bo'lsin, doim haqlariga duodamiz.



- Katta futbolda birinchi qaysi jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgansiz?
- 2001 yil "Buxoro" jamoasi safida ilk uchrashuvimni o'tkazganman. O'sha vaqtlari Oliy liga deb atalgan turnirda aynan "Buxoro" jamoasi safida ishtirok etganman.

- O'ynagan klublaringiz haqida malumot bersangiz...
- Yuqorida aytganimdek, dastlab "Buxoro" jamoasi safida maydonga tushganman. Keyinchalik Samarqandning "Dinamo", Qarshining "Nasaf" va Navoiyning "Qizilqum" jamoalarida o'ynadim. O'tgan mavsumda xabaringlar bor, yana Samarqandning "Dinamo" klubi safida Pro-Liga musobaqalarida ishtirok etdim.



- Farg'ona viloyatida ananaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Hokim kubogi" musobaqasiga munosabatingiz...
- "Hokim kubogi" musobaqasi haqida yaxshi tasavvurga egaman. Ilgari ham ushbu musobaqada ishtirok etganman. Umuman olganda, tashkilotchilar bu musobaqani yuqori darajada o'tkazishadi. Bu yil ham ushbu musobaqada ishtirok etayotganimdan xursandman. "Hokim kubogi" musobaqasi tashkilotchilariga "SHerdor" klubi nomidan minnatdorchilik izhor qilaman.

- "SHerdor" klubiga kelishingiz haqida...
- "SHerdor" klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarov bilan yaxshi tanishmiz. Aynan uning taklifiga ko'ra joriy mavsumdan "SHerdor" klubi safiga qo'shildim. Bu klubda menga o'ynovchi murabbiy sifatida uchrashuvlarda ishtirok etish vazifasi yuklatilgan. "SHerdor" kurashuvchan jamoa, bu jamoa safida futbol uchrashuvlarida ishtirok etayotganimdan xursandman.



- Sizningcha hozirgi kunda o'zbek futbolida eng kuchli futbolchi kim?
- SHubhasiz Odil Ahmedov! Men aynan uni eng kuchli futbolchi deb bilaman.

- Eng kuchli murabbiychi?
- Nima deyish mumkin? Boshqa murabbiylar hafa bo'lishmasinu, men uchun Ro'ziqul Berdiev.


Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика