So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  1 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  2 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  3 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Hayajon... Yangiliklar

Hayajon...

Bugun futbolchilarimiz o'rin olgan havo kemasi Dubay shahriga borib qo'ndi.

Bu o'yinlarni superliganing bironta uchrashuviga taqqosilab bo'lmaydi, OCHL ham dam oladi kerak bo'lsa. Bu 4 yilda bir marotaba bo'lib o'tadigan katta musobaqa. BAAdagi Osiyo Kubogi tomon parvoz qilgan jamolalar soni avvalgisidan 8taga ko'p bo'ldi. Ular orasida shunchaki ishtirok uchun uchayotganlari bo'lsa, kubokni o'zi bilan olib ketishni istayotganlari qancha? Hech bo'lmasa yarim finalga etib borsak marra bizniki deganlari ham yo'q emas.

Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Eron futbolchilarining maqsadlari shubhasiz oliy. Turkmaniston, Vetnam, Ummon, Hindiston, Bahrayn, Falastin, Iordaniya, Filippin, Qirg'iziston va Livan terma jamoalari uchun guruhdan chiqish eng katta maqsad.

BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Iroq va Suriya terma jamoalari hech bo'lmasa uchinchi o'rinni egallashga harakat qilishlari aniq.

His etayapman, Sidiqov, Turg'unboev uchun o'zgacha hayajon qamrab olgan. Ular ilk marotaba MTJ azosi sifatida qita miqyosida Vatan sharafini himoya qilishlariga to'g'ri keladi. Bu ish SHomurodov va SHukurovning ham boshiga ilk marotaba tushishi, lekin ular legioner maqomiga egalar, hayajonni bosib o'tgan bo'lishlari kerak. Katta masuliyat Odil, Ignatiy, Marat, Anzurning bo'ynida. Bular faxriylarimiz va faxrimiz. Har qanday o'yinchini yugurtirib yuborish ularning qo'llarida bo'lgan asosiy vazifalardan biri. Sardor Rashidov esa yana avvalgi mavqeini qaytarib olishi uchun maydonga tushishi va buni isbotlashi kerak bo'ladi.

Hayajon... Boshqa safar qachon o'g'lim tez qaytar ekan deydigan ota-onangiz bu safar televizor qarshisida termulib uzoqroq ushlanib qolishingizni istab duo qiladilar. Musobaqa boshlanishiga bor yo'g'i 3 kun qoldi. BAA va Bahrayn terma jamoalari bizga ilk hayajonlarni taqdim etadilar.

Forma, o'rtoqlik o'yinlari, O'FAdagi bo'layotgan ishlar. Bularni barchasini bir zum unutamiz! Yaqinda O'FA saytida, saytimizga nisbatan bayonot chiqdi. Unga javob ham yozib qo'ydik, lekin bermaslikni maqul ko'rdik. Bir gapdan qolishni o'zimiz uchun eng to'g'ri qaror deb bildik. Sababi biz hammadan ko'ra ko'proq O'zbekiston milliy terma jamoasining muvaffaqiyatini istayapmiz. G'olib uchun qo'yiladigan mashinalarni bir dona "baloni" ham bizga tegmaydi, shon-shuhrat ham bizga bo'lmaydi. Lekin biz 30 mlndan ziyod xalqimiz bilan bu kunlarni samimiy his tuyg'ular bilan o'tkazishni istaymiz va Vatanimiz jamoasi bilan birgalikda Osiyo Kubogida katta yurish qilamiz. Osiyo Kubogida u kim bo'lishidan qatiy nazar bir jamoa bo'lib ishlashimiz kerak!

O'zbekiston milliy terma jamoasidan esa kamida yarim finalni kutamiz! Qolgani bir gap bo'lar...

Reyting: +94   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика