So’nggi yangiliklar

06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0

Ernan Krespo: "SHuncha vaziyatlar yaratib, durang bilan uyga qaytish biroz alam qiladi" Yangiliklar

Ernan Krespo: "SHuncha vaziyatlar yaratib, durang bilan uyga qaytish biroz alam qiladi"

Teglar :  NasafAl Ayn
OCHL pley-off uchrashuvidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Ayn" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ernan Krespo matbuot anjumanida qatnashdi.

– Janob murabbiy, uchrashuv haqidagi fikrlaringiz qanday?

– Juda qiyin o'yin. Ko'prog'iga loyiq edik. Ko'proq vaziyatlar yaratishimiz mumkin edi. Aytganimdek, ikkala jamoa uchun ham qiyin o'tgan bahsda biz durangga imzo chekdik. 

– Murabbiy o'yin natijasidan qoniqdimi?

– Bir tomondan qaraganda bu normal holatdek tuyilishi mumkin. Biroq, shuncha qulay vaziyatlar yaratib, darvoza ustunini nishonga olib va o'yin oxiridagi vaziyatdan foydalana olmay, uyga durang bilan qaytish biroz alam qiladi. Lekin safar o'yinida, "Nasaf"ga o'xshagan kuchli raqibga qarshi mag'lub bo'lmaslik unchalik ham yomon natija emas, aslida.

– Osiyoning klublar reytingida "Al Ayn" 19-o'rinda, "Nasaf" esa 46-pog'onada qayd etilgan. Jamoangiz reytingdagi katta ustunlikni bugun maydonda qanchalik ko'rsata oldi deb o'ylaysiz?

– Reyting haqida gapirish g'alati, chunki bu futbol. Bu haqida nimadir deya olmayman. Bugungi o'yindan qoniqdim, lekin ko'prog'iga qodir edik. Asosiy maqsadimiz uyda bo'ladigan uchrashuvda g'alaba qozonish.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика