So’nggi yangiliklar

23:43Виталий Левченко: "Бабаян? Шартномам ноябрда якунига етади"  0 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  1 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   34 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  9 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0

ECHL, 5-tur yakunlari: Qolgan to'rtta yo'llanma kimga nasib etadi? Yangiliklar

ECHL, 5-tur yakunlari: Qolgan to'rtta yo'llanma kimga nasib etadi?

Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-tur o'yinlari yakunlandi.

Guruh bosqichining so'nggi turi oldidan pley-offga yo'llanma oluvchi 12 jamoaning nomi aniq bo'lib ulgurdi. Faqatgina yana 4 jamoa nomi kim bo'lishini oxirgi tur aniqlab beradi.


Vazifani muddatidan avval hal etishga ulgurgan jamoalar ro'yxati:
"Atletiko", "Ayaks", "Bavariya", "Barselona", "Borussiya", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Portu", "Real", "Roma", "SHalke", "Yuventus"

1/8 finalga yo'llanma olishi mumkin bo'lgan jamoalar:
"Inter", "Tottenxem", "Liverpul", "Lion", "Napoli", PSJ, "SHaxtyor".

Evropa ligasiga o'ynashi malum bo'lgan jamoalar:
"Benfika", "Bryugge" va "Valensiya"

Evropa ligasiga yo'llanma beruvchi 3-o'rinni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan jamoalar:
"Viktoriya", "Galatasaroy", "Lokomotiv", "Xoffenxaym", "Crvena Zvezda", CSKA

Guruhda oxirgi o'rinni olishi malum bo'lib ulgurgan jamoalar:
"Monako", AEK, PSV va "Yang Boyz"


So'nggi tur oldidan beshta guruhda (A, D, E, G, H) pley-off yo'llanmalari sohiblari aniq bulib ulgurdi. Qolgan uch guruhda hozircha barcha masalaraga oydinlik kiritilgani yo'q. Eng yuqori intriga va kurash kutilganidek "C" guruhida kechmoqda. Bu "kvartet"da nima ruy berishini oxirgi tur aniqlab beradi. Hozircha hech bir jamoa masalani butkul o'z foydasiga og'dira olgani yo'q. "Napoli", PSJ va "Liverpul"da keyingi bosqich chiqish imkoniyatlari saqlanib turibdi.


Aniq raqam va faktlar:

Eng ko'p gol urgan jamoa - "Manchester Siti" (14)
Eng kam gol o'tkazgan jamoalar - "Borussiya", "Bavariya", "Ayaks", "Real", "Yuventus", "Manchester Yunayted" (-2)
Eng kam gol urgan jamoalar - "Monako", AEK, "Yang Boyz" (2)
Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa - "Viktoriya" (-15)
Umuman yutqazmagan jamoalar: - "Napoli", "Bavariya", "Lion", "Ayaks", "Portu", "Barselona"
Umuman g'alaba qozonmagan jamoalar - "Yang Boyz", "Xoffenxaym", AEK, PSV, "Monako"
Eng ko'p ochko to'plagan jamoalar - "Bavariya", "Barselona" va "Portu" (13)


To'purarlar:
Robert Levandovski ("Bavariya") - 6
Lionel Messi ("Barselona") - 6


Eng yaxshi assistent:
Riyad Maxrez ("Manchester Siti") - 4


Evropa chempionlar ligasi haqida batafsil malumotlar shu erda

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика