So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  187 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Dublga erishgan legioner, "Navbahor"ni mag'lub etgan murabbiy, gol o'tkazmagan posbon va 25 yoshli himoyachi - Superligada 15-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Dublga erishgan legioner, "Navbahor"ni mag'lub etgan murabbiy, gol o'tkazmagan posbon va 25 yoshli himoyachi - Superligada 15-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 15-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi darvozaboni – Shirinboy Abdullaev ("Buxoro")

"Buxoro" bu tur Termizda "Surxon" mehmoni bo'lib 0:0 hisobida durang qayd etdi. Bu natija qo'lga kiritilishida mehmonlar posboni Abdullaevning o'rni katta. U uchrashuv mobaynida, 5 marta jamoasini goldan asrab qoldi. Shunday qilib, Shirinboy Abdullaev Championat.asia talqinida 15-turining eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi murabbiyi – Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor")

"Paxtakor" bu turda o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ko'pchilik bahsdan avval "Navbahor" safarda bo'lsa ham favoritligini aytdi. Biroq Tojiev boshchiligidagi "sherlar" shu kuni raqibdan deyarli har jabhada ustunlik qilishdi va undan ham ko'proq gol urishlari mumkin edi. Bejizga o'yindan keyin "Navbahor" ustozi Sergey Lushchan yaxshiyam bugun 5-8 ta gol o'tkazmadik deb intervyu bermadi. Shu tariqa, Kamoliddin Tojiev Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi futbolchisi – Lyupcho Doriev ("So'g'diyona")

"So'g'diyona" bu tur Jizzaxda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi - 2:1. Uchrashuvda mezbonlar to'purari Lyupcho Doriev avval o'zi ishlagan penaltidan gol urdi, keyinroq o'yindan ham gol urib "So'g'diyona"ga g'alaba keltirdi. Shu tariqa Lyupcho Doriev Championat.asia talqiniga ko'ra, 15-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng chiroyli goli muallifi – Ilhom Vahobov ("Qizilqum")

"Qizilqum" bu turda G'uzorda "Sho'rtan" mehmoni bo'lib g'alabaga erishdi - 2:1. Bahsning 69-daqiqasida navoiyliklar chap qanot himoyachisi Ilhom Vahobov uzoq masofadan kuchli zarba bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi va supergol muallifiga aylandi. Shunday qilib, Ilhom Vahobov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.




Reyting: +1   

Fikrlar

   
09 iyu 21:25:41
Гиждувон супер лига сари олга.
Д И Н А М О жон foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу дориевни динамога олиб келиш кк
Сугдиёна берармикан.
   
09 iyu 19:51:16
Д И Н А М О жон
Шу дориевни динамога олиб келиш кк
championat.asia
Яндекс.Метрика