So’nggi yangiliklar

21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  3 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5

Doston Tursunov: "Yaponiya klubi bilan shartnoma tuzganimdan baxtiyorman" Yangiliklar

Doston Tursunov: "Yaponiya klubi bilan shartnoma tuzganimdan baxtiyorman"

Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi" klubi bilan shartnoma tuzgan Doston Tursunov championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Avvalo meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. "Renofa Yamaguchi" bilan 2020 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdim.

Bu erga kelishdan oldin Fozil aka Musaev bilan gaplashdim. Yaponiyada futbol saviyasi juda yuqori, bu erda futbolchi sifatida yanada o'sasan deb maslahat berdilar. Klub infratuzilmasi bilan tanishib chiqdim, stadionni ko'rdim. Barchasi alo darajada.

Yaponiya Osiyo qitasining eng kuchli terma jamoasi va eng kuchli milliy chempionatiga ega mamlakat hisoblanadi. Ushbu klub bilan shartnoma tuzganimdan baxtiyorman. "Renofa Yamaguchi" 2018 yilgi mavsumda "J2 liga"da 8-o'rinni egalladi. Keyingi yil jamoam bilan birga "J liga"ga chiqish uchun kurashamiz.

Fursatdan foydalanib shu kunga qadar men bilan birga ishlagan barcha murabbiylarga rahmat aytaman. Hozircha bor etiborim BAAda o'tadigan Osiyo Kubogiga qaratilgan", - deydi Doston Tursunov.

Malumot uchun, O'zbekiston chempionatida 2015 yil debyut qilgan Tursunov hozirga qadar 66ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan. Himoyachi "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Metallurg" klublarida to'p tepgan.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика