01 avg 13:34

CSKA futbolchisi Gayich Fayzullaevga Turkiyadagi faoliyatini muvaffaqiyatli o'tkazishni tiladi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
CSKA himoyachisi Milan Gayich yarim himoyachi Abbos Fayzullaevga Turkiya chempionatida omad yor bo'lishini niyat qildi.

Chorshanba kuni CSKA 21 yoshli Fayzullaevning "Istanbulning Bashakshehir" klubiga o'tganini elon qildi. O'zbekistonlik futbolchi "qizil-ko'klar" bilan birgalikda Rossiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

"Abbos biz bilan yaxshi xayrlashdi. Men unga omad tilayman – u juda yaxshi yigit va futbolchi. Umid qilamanki, Fayzullaev Turkiyada o'zini ko'rsatishda davom etadi va Jahon chempionatini yaxshi o'tkazadi", – dedi serbiyalik o'yinchi.

Fayzullaev 2023 yilning yozidan buyon CSKA safida o'ynab kelayotgandi. U "armiyachilar" libosida 72 o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +8 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

+2
01/08 17:45
sss ddd
Акинфеев хам паловга ургатиб куйиб кетиб колди деб пост куйибди
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика