26 fev 2019 18:48

CHexiyada o'ynagan futbolchi “Navbahor”da

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayotgan Namanganning “Navbahor” klubi safiga tajribali hujumchi Aziz Ibragimov qo'shildi.

Mazkur futbolchi 1986 yil, 21 iyulda Toshkentda tug'ilgan. Faoliyati davomida mamlakatimizning “Traktor” (Toshkent), “SHo'rtan” (G'uzor), “Andijon” (Andijon), “Dinamo” (Samarqand), “Buxoro” (Buxoro), Slovakiyaning “Slovan” (Bratislava), CHexiyaning “Bogemians - 1905”, “Banik”, “Bogemians”, Xitoyning “CHindao CHjunnen”, Eronning “Mashin Sizi”, Latviyaning “Spartak” (Yurmala) klublarida to'p surgan.

Aziz Ibragimov o'tgan mavsumni “Buxoro” jamoasida o'tkazgan.

SHuningdek, u 2007 – 2011 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib,  3 ta gol urgan.

Tajribali futbolchi “Navbahor”da ko'rikdan o'tadi. Ibragimovning harakatlari jamoa murabbiylarida yaxshi taassurot qoldirsa, u bilan shartnoma imzolanadi.



Manba : “Навбаҳор” матбуот хизмати
Bu xabar bilan bo'lishing:
  -22 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика