So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Bugun Superliga uchun kurashadigan birinchi jamoa malum bo'ladi Yangiliklar

Bugun Superliga uchun kurashadigan birinchi jamoa malum bo'ladi

Teglar :  Pley-offPro liga
Bugun Pro liganing ikkita jamoasi o'zaro bahs olib boradi.

Toshkent viloyatida joylashgan "Do'stlik" stadionida "Mashal" hamda "SHerdor" klublari maydonga tushishadi. Malumki, Pro liga "A" guruhida "Andijon" to'g'ridan-to'g'ri Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni egallagan "Mashal" esa Pro liga "B" guruhida ikkinchi o'rin sohibi "SHerdor" bilan o'tish o'yinida ishtirok etadi.

Bugungi bahs bitta o'yindan iborat, yutqazgan pley-off bosqichini tark etadi. SHu o'rinda musobaqa qoidalari bilan tanishtirib o'tsak.

Pley off o'yinlari ikki bosqichda o'tkaziladi. Birinchi bosqich Pro liga klublari o'rtasida bo'lib o'tadi.

26 noyabr. "Mashal" - "SHerdor"
14:00. "Do'stlik" stadioni

27 noyabr. "Istiqlol" - "Nurafshon"
14:00. Olmaliq. AGMK stadioni

Bu o'yinlarda g'olib chiqqan jamoalar Superliganing 11 va 10-o'rindagi jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

"Mashal"/"SHerdor" - Superliga 11-o'rin
"Istiqlol"/"Nurafshon" - Superliga 10-o'rin

1-bosqich o'yinlari Pro liga tartibi bo'yicha o'tkaziladi. Yani, Pro liga klublari o'zaro o'ynasa 5tagacha futbolchi almashtirishlari mumkin. 2-bosqich pley-off o'yinlari esa Superliga tartibida bo'lib o'tadi va bunda jamoalar 3tagacha futbolchi almashtira olishlari mumkin bo'ladi.

Plef-off bahslari bitta o'yindan iborat bo'lgani uchun agar o'yinning asosiy vaqtida durang qayd etilsa, 15 daqiqadan iborat ikkita qo'shimcha taymlarga o'tiladi. SHunda ham g'olib aniqlanmasa penaltilar seriyasi boshlanadi.

Bundan tashqari, 2018 yilgi mavsum davomida Pro liga hamda Superligada orttirilgan sariq va qizil kartochkalar, diskvalifikaciyalar o'tish o'yinlarida ham o'z kuchida qoladi. Pley-offning birinchi bosqichida olingan sariq va qizil kartochkalar ikkinchi bosqichda ham amalda bo'ladi.

Agar qaysidir jamoada etiroz yuzaga kelsa, o'yin bo'lib o'tganidan so'ng 24 soat ichida uchrashuv komissarini bu haqda rasman ogohlantirgan holda o'z etirozini yozma shaklda berishi mumkin.

Pley-off uchrashuvlari uchun tayinlanadigan hakamlar brigadasi va komissarlik bilan bog'liq barcha xarajatlar PFL tomonidan qoplanadi. Ikkinchi bosqich pley-off o'yinlari yakuniga etgach, g'olib bo'lgan ikkita jamoa 2019 yilgi mavsumda Superligada ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi (agar licenziyalash talablariga to'liq javob bersa).

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика