Bilasizmi? Qirg'izistonning tarixiy golini urgan futbolchining klubi yo'q
08 jan 2019 10:07
Yangiliklar


Bilasizmi? Qirg'izistonning tarixiy golini urgan futbolchining klubi yo'q
Kecha Qirg'iziston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi debyut uchrashuvini o'tkazdi.
Xitoy bilan o'yinning 42-daqiqasida hisobni ochgan Ahliddin Isroilov Qirg'iziston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi birinchi tarixiy golini urdi. Qizig'i shundaki ushbu futbolchining ayni paytda klubi yo'q. Isroilovning so'nggi klubi Indoneziyaning "PSIS Semarang" jamoasi bo'lgandi.
Undan ham qizig'i Qirg'iziston darvozaboni Pavel Matyash kecha o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. Uning ham klubi yo'q. O'zbek futbol muxlislari yaxshi bilishsa kerak yozda u O'zbekistonning AGMK klubini tark etgandi. SHundan keyin erkin agent maqomida yuribdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar