So’nggi yangiliklar

00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  2 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  1 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22

Benzemaning kelmagani, O'tkir Yusupov va "Navbahor" safidagi yo'qotish - Samvel Babayan ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Benzemaning kelmagani, O'tkir Yusupov va "Navbahor" safidagi yo'qotish - Samvel Babayan ishtirokidagi matbuot anjumani

OCHL 1/8 finali doirasidagi "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Navbahor" ustozi Samvel Babayanga yosh futbolchi SHodiyor SHodiboev hamrohlik qildi.

"Osiyo chempionlar ligasidagi har bir o'yin, ayniqsa pley-off bosqichiga chiqqanimiz, "Navbahor" klubi tarixi uchun yangi davr bo'laveradi. 2023 yilda viloyat rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar katta mehnat qilishdi va OCHLda guruhdan chiqdik. Bir yil avval Osiyoning eng kuchli klublari va dunyo yulduzlari Namanganga kelishini orzu qilardik. Biz bunga erishdik. Ammo bu endi tarix. Ertaga biz butun O'zbekiston sharafini himoya qilamiz. Menimcha xalqimiz "Navbahor"ga muxlislik qiladi.

Raqibga keladigan bo'lsak, "Al Ittihod"ni tanishtirishga hojat bo'lmasa kerak. Katta tarixga ega klub, Osiyoda ko'plab yutuqlarga erishgan. "Al Ittihod" safida dunyo yulduzlari bor, ular Osiyo kubogidan keyin ikkita o'yin o'tkazishga ham ulgurishdi.

Biz esa yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bordik. Afsuski tarkibimizdagi barcha futbolchilarni sinab ko'rish uchun na o'rtoqlik, na rasmiy o'yin o'tkazdik. Ertaga kuchli ijrochilarga qarshi juda tartibli o'yin, juda kuchli ishtiyoq va albatta muxlislar yordami zarur bo'ladi", - dedi Samvel Babayan.





"Ertaga juda qiziqarli va kuchli o'yin bo'ladi. "Al Ittihod" Osiyoning eng kuchli klublaridan biri. Mashg'ulotlarda juda yaxshi tayyorlandik. Ertaga xudo xohlasa g'alaba qozonamiz", - dedi SHodiyor SHodiboev.





- "Al Hilol"ga qarshi Namangandagi bahsda Neymar o'ynamagandi, ertaga Benzema o'ynamaydi. Bu siz uchun omadmi yoki ularni maydonga tushishini istarmidingiz?

- Ochig'ini aytsam, biz uchun bu katta tarix. Albatta Neymar ham, Benzema ham kelganida yaxshi bo'lardi. Saudiya Arabistonidagi bahsda Neymar maydonga tushganida durang o'ynagandik, Namanganda Neymar kelmaganida yutqazgandik. Benzema ham kelganida yaxshi bo'lardi, bu O'zbekistonda futbolning yanada ommalashuviga sababchi bo'lardi. Ammo Benzema kelmasa ham "Al Ittihod" kuchsizlanib qolmaydi. Oxirgi ikki o'yinda klub ajoyib o'ynadi.

- Osiyo kubogidagi Qatarga qarshi bahsda O'tkir Yusupov ishonchsiz o'ynadi. Uning ruhiy holati qanday?

- Ishonchsiz o'yin deganingizga qo'shilmayman. Agar u o'tkazgan golini aytayotgan bo'lsangiz, o'sha vaziyatda rekoshet bo'lgandi. O'tkir to'g'ri poziciyani tanlagandi, shunchaki rekoshetdan keyin to'pga reakciya qila olmadi. Qatarga qarshi bahsda Yusupov ikkita penalti qaytardi, bu esa O'tkir top futbolchi ekanini, ham milliy terma jamoa, ham "Navbahor" klubi etakchisiligini anglatadi. O'sha o'yin uning ruhiy holatiga hech qanday tasir qilgani yo'q, unga ishonishda davom etamiz.





- O'zbekistonda hali mavsum boshlanmadi. Saudiya Arabistonida esa mavsum davom etmoqda. Bu ertangi o'yinga qanchalik tasir qiladi deb o'ylaysiz?

- Yuqorida aytganimdek raqib mavsum o'rtasida. Biz esa mayli rasmiy o'yinni qo'ya turalik, barcha futbolchilar ixtiyorimizga kelishganidan keyin hatto o'rtoqlik uchrashuvini ham o'tkaza olmadik. Ammo bu bahona emas. Ertaga mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazishga harakat qilamiz. Osiyo chempionlar ligasidagi har bir o'yin yangi tarix. Yigitlar harakat qilishadi.

- "Navbahor" muxlislariga Osiyo chempionlar ligasini sovg'a qilganingiz uchun rahmat aytaman. "Al Ittihod" safida ertaga hujumchilar Benzema, Jota va Koronado bo'lmaydi. Bundan kelib chiqsak, ertaga "Navbahor"dan hujumkor o'yin kutsak bo'ladimi? Muxlislar daldasi ham muhim rol o'ynaydi.

- Siz "Al Ittihod" safida o'ynamaydigan futbolchilarni sanab o'tdingiz, ammo ularsiz ham ikkita o'yin o'tkazdi va ikkita yirik g'alabaga erisha olganini bilasiza? SHu bois qaysidir yulduz futbolchilarning yo'qligi sezilmasa kerak. Jamoa tarkibida kuchli futbolchilar juda ko'p. Ertangi bahsda qanday strategiyada o'ynashimizni ertaga kechki payt aytib beraman.

- Ibrohim Yo'ldoshevning holati qanday?

- Afsuski yo'qotishlar bor. Ammo ularning o'rnini bilintirmaslikka harakat qilamiz. Ertaga Ibrohim Yo'ldoshev maydonga tusha olmaydi.



Eslatib o'tamiz, "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvi 15 fevral kuni soat 19:00da boshlanadi.


Navbahor Namangan

AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur

15/02/2024, 19:00

0
:
0
Tugadi

Al Ittihad

45'
90'
11'  Odildzhon Khamrobekov
31'  Samvel Babyan
78'  Jamshid Iskandarov (Siavash Haghnazari)
78'  Toma Tabatadze (Giorgi Nikabadze)
79'  Giorgi Nikabadze
86'  Ruslanbek Jiyanov (Doston Abdulkhaev)
53'  Fawaz Al Sagour
57'  Marwan Al Sahafi (Ahmed Alghamdi)
74'  Romarinho (Saleh Al-Amri)

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика