So’nggi yangiliklar

08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  21 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  13 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5

Bechora maydon Yangiliklar

Bechora maydon

Teglar :  Milliy stadion
Endilikda "Milliy" deb yuritilayotgan stadion maydoni haqida doim ko'p gapiramiz.

Garchi g'alaba qozongan bo'lsak-da, Qatar bilan o'yindan keyin Odil Ahmedov chidab turolmay ichidagi gaplarni qisqa intervyusida to'kib solgandi. Ammo o'shanda uning gaplariga hech kim parvo qilmadi. O'FA bironta bayonot ham bermadi. Maydon holatini yaxshilaymiz deb hech kim gapirmadi. Umuman bizda shunaqa: gapiraversan, gapiraverasan hamma eshitadi, lekin hech kim miq etmaydi.

Biz shu ham odam, to'p tepib yuribdi, bilmasa gapirmaydi deb o'ylamaymiz. Maydon holatini yaxshilash ustida bosh qotirmaymiz. Maydon chimi nega yaxshi emas deyilsa ichkarida ventilyaciya yo'q deb qutilib qo'ya qolamiz. Boz ustiga maydon maysasini yanayam badtar holatga keltirib ustma-ust o'yin o'tkazamiz.

"Milliy" stadion uch kun ichida 6ta o'yinni qabul qiladi. 23 noyabr CAFA ayollar chempionatidan o'rin olgan ikkita bahs o'tkazildi. Kecha "Bunyodkor"ning o'zi o'ynadi va undan keyin spartakiada o'tkazildi. Bugun yana CAFA musobaqasidagi ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi. Kuz kelib dam olishga hozirlanayotgan maydon buni ko'rib yig'lab yuborsa kerak.

Maydon holati yomon, yaxshilash kerak deymiz-u, lekin boshqa joy yo'qdek ko'p o'yinlarni shu erga boshlab kelamiz. Yaxshiyam bizda "Bunyodkor" bor. Bo'lmasa qaerga borardik?!

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика