So’nggi yangiliklar

11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  8 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  7 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  2

​​Azizbek Turg'unboev: Paxtakor rahbariyati meni tushunadi deb umid qilaman Yangiliklar

​​Azizbek Turg'unboev: Paxtakor rahbariyati meni tushunadi deb umid qilaman

Navbahor futbolchisi Azizbek Turg'unboev Paxtakor jamoasi bilan rasman kelishuvga erishgani haqida malumotlar tarqaldi.

- Bugun ko'plab saytlarda sizning «Paxtakor» bilan kelishuvga erishganingiz haqida xabarlar tarqalib ketdi. Bu qanchalik haqiqat?
- To'g'ri, «Paxtakor» jamoasi bilan muzokaralar bo'lmagan deya olmayman. Ular bilan shartnomalar masalasida gaplashganmiz. Ammo, mening yakuniy qarorim «Navbahor»da qolib, chempionlik marrasini zabt etish. Mana shunday sharoitlarni yaratib berayotgan rahbarlar uchun, muxlislar uchun jamoada qolishga qaror qildim.

- «Navbahor» jamoasi rahbariyati jamoada qolishingiz uchun sizga taklif qilgan shartnomaga imzo chekishga majbur bo'lganingiz rostmi?

- Yo'q, (kuladi) bunday narsa bo'lmagan. Odamlar bunaqa gaplarni qaerdan topishadi hayronman. Men har doim o'z xohishim bilan shartnomaga imzo chekkanman. Bunga hech qanday shubha bo'lishini mumkin emas.

- Yuqorida «Paxtakor» bilan kelishuv to'g'risida aytdingiz. Yakuniy qaroringiz esa «Navbahor»da qolish ekan kelajakda «Paxtakor» bilan hech qanday muammo bo'lmaydimi?

- Bu masalada muammolar bo'lmaydi deb o'ylayman. «Navbahor» PFK rahbariyati masalani hal qilishini aytdi. Fursatdan foydalanib, «Paxtakor» jamoasi rahbariyati meni tushunadi deb umid qilaman. Menga etibor qilib jamoalariga taklif qilganlarida xursandman va rahmat aytaman. Ammo, mening yuragim «Navbahor»da. Namanganda futbolning ashaddiy, fidoiy muxlislari juda ko'p. Jamoamizning shunday fidoiy muxlislari uchun, ularning hurmati uchun, men yana «Navbahor»da qolaman. Ularning menga bo'lgan ishonchlari uchun, qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun barchalariga rahmat deyman.


Farhod Umaraliev suhbatlashdi


Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика