27 fev 2019 12:40

Aziz Ibragimov: "Navbahor"ga meni Kanchelskisning shaxsan o'zi chaqirdi"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O'z vaqtida Slovakiya, CHexiya, Xitoy, Eron va Latviya chempionatlarida o'ynagan yarim himoyachi Aziz Ibragimov yangi mavsumni "Navbahor" safida boshlashga juda yaqin.

"O'tgan mavsum oxirida Andrey Kanchelskis meni o'z jamoasida ko'rmoqchi ekanini malum qilgan edi. Buni o'ylab ko'rishim kerak edi. Qishda oldimda yana variantlar bor edi. Toshkentda "Bunyodkor"da ekanligimda Kanchelskis yana qo'ng'iroq qildi va yana bir bor "Navbahor"ga chaqirdi. Bosh murabbiy haqiqatdan ham menga ishonayotgani va o'z jamoasida ko'rishni istagani uchun ham hozirda "Navbahor"daman.

Kecha jamoa safida birinchi mashg'ulotda qatnashdim. Hozircha shartnomaga rasman imzo qo'yganim yo'q. Ammo deyarli barchasini kelishib oldik va rasmiyatchilik qoldi xolos. "Navbahor"ning taklifi menga maqul keldi", - deydi Aziz Ibragimov.


Manba : ufa.uz
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +20 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика