So’nggi yangiliklar

18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   0 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  2 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1

Aziz G'aniev OFK etirofida Yangiliklar

Aziz G'aniev OFK etirofida

"Nasaf" yarim himoyachisini OFK rasmiy sayti 10 nafar eng yosh iqtidorli futbolchilar ro'yxatiga kiritdi.

Malumki, har bir Osiyo chempionatida yosh iqtidor egalari ham o'zlarini ko'rsatib kelishgan. Masalan, to'rt yil oldin Avstraliyada o'tkazilgan musobaqada Massimo Luongo porlagandi. SHuningdek, Sardor Azmun degan hujumchi borligini ko'pchilik tan olgandi.

Bu safar BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019 ham bir nechta yoshlarni keng jamoatchilikka tanitishi kutilyapti. OFK rasmiy sayti navbatdagi qita birinchiligida porlashi mumkin bo'lgan 10 nafar futbolchilar ro'yxatini elon qildi. Ular orasida "Nasaf" yarim himoyachisi Aziz G'aniev ham bor. Lekin G'aniev dekabrdagi yig'inga taklif etilmagan va katta ehtimol bilan Osiyo Kubogiga bormasa kerak. CHunki u jarohatidan yaqinda tuzalib endi maydonga qaytdi.

SHunga qaramay, futbolchining OFK sayti etiboriga tushishi katta voqea. Sayt xodimlari quyidagi yosh futbolchilarga alohida etibor qaratishgan.

Nguen Kuang Xay (Vetnam) - Bu futbolchi shu yil qishda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida o'zini ko'rsatdi.

Turki Al Ammar (Saudiya Arabistoni) - Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Xvang In Beom (Janubiy Koreya) - Jamoasining Osiyo o'yinlarida g'olib chiqishiga munosib hissa qo'shdi.

Mohanad Ali (Iroq) - 18 yoshli futbolchi Iroq chempionatida 17ta gol urdi.

Ritsu Doan (Yaponiya) - Yosh bo'lishiga qaramay, Gollandiyaning "Groningen" klubida o'ynayapti.  

Bassam Hisham (Qatar) - Ijara asosida Ispaniya va Belgiya klublarida malaka oshirib "Al Duhayl"ga qaytdi.

Aziz G'aniev (O'zbekiston) - To'p bilan muomalasi nihoyatda yaxshi, mehnatkash hamda uzoqdan zarba yo'llay oladigan futbolchi.

Supachay Jaided (Tailand) - SHu yil MTJda debyutini o'tkazganiga qaramay allaqachon uchta gol urishga erishdi.

Xalfan Mubarak (BAA) - "Al Jazira"ga o'tganidan beri har o'yinda o'zini ko'rsatib kelyapti.

Mahmud Yusef (Falastin) - 21 yoshli hujumchiga Falastin terma jamoasining kelajagi sifatida qaralyapti.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика