So’nggi yangiliklar

17:05Жоэль Кожо: "Ойликлар тўланмаётгани рост, аммо футболчилар фақат футбол ҳақида ўйлаши керак"  0 16:31"Реал" яқин орада Карвахаль билан янги шартнома имзоламоқчи  7 16:11Клоппнингг ёрдамчиси "РБ Зальцбург"да иш бошлаши мумкин  1 15:50"Бавария" Тухелни яна бир мавсум ишда қолдириши мумкин  1 15:31"Зенит" 25 май куни Сергей Семак билан янги шартнома имзолайди  1 15:14ПРЕВЬЮ. ОКМК бугун "Локомотив" стадионида тарихий ғалабани қўлга киритадими ёхуд шогирдлар устозга қарши  1 15:03"Бунёдкор" 10 киши бўлиб Қаршида дурангга эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:44"Бавария" "Кристал Пэлас" футболчиси учун 60 миллион евро таклиф қилишга тайёр  0 14:22Килиан Мбаппе: "Франциядан кетишимни эълон қилиш бунчалик оғир бўлади, деб ўйламагандим"  4 13:59"Боруссия Дортмунд" 16 ёшли эквадорлик хавбек трансферини эълон қилди  2 13:36Абдувоҳид Неъматов: "Онам стадионга кириб келганида мен қизил карточка олиб чиқиб кетганман"  1 13:24"Лидс" собиқ мураббийи ЖЧда иштирок этувчи термада иш бошлади  0 13:00Суперлига. 100-дақиқада пенальтидан гол урилган "Сурхон" - "Динамо" учрашувидан галерея  2 12:30"Ал Иттиход" ёзда тер Штегенни сотиб олмоқчи  1 12:16Факт. "Динамо" кетма-кет бешта ўйинда бу ишни қилди  5

Anvar Berdiev: "Ochig'i Abduraimovdan bunday harakatni kutmagandim, u bilan shartnomani bekor qildik" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Ochig'i Abduraimovdan bunday harakatni kutmagandim, u bilan shartnomani bekor qildik"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Aral" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- O'zbekiston ahlini kirib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklayman. SHunaqa o'yin bo'lishini kutgandik. "Aral" jamoasi oxirigacha kurashuvchan jamoa. Ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Qimmatli 2 ochkoni boy berdik.


- Bugungi ochko yo'qotilishi omadga bog'liqmi yoki vaziyatlardan foydalana olmaslik bilanmi?


- Hammavaqt omad bilan bog'lash ham to'g'ri bo'lmaydi. Omad kuchlilar tomonida bo'ladi. Vaziyatga shay turish kerak.


- Bugun har ikki jamoa darvozasiga ham o'ng qanotdan tashkil etilgan hujumlar gol bilan yakunlandi. "SHo'rtan"da qanotlar qanday ishladi?


- Yigitlar imkoniyat boricha harakat qilishdi. Lekin xatolar ham uchrab turdi. Futbol 90 daqiqa bo'lsa, gollar soniyalar ichida kiritiladi. O'yindan kelib chiqqan vaziyatlar bo'ldi.


- Jasur Xolto'raevni zaxiraga olinishi sabablari haqida...


- Xolto'raev har ikki bo'limda ham harakat qildi, ter to'kdi. Hujumchi maydonni golsiz tark etishni istamaydi. Bilasizlar, u bizga Superligadan kelib qo'shilgan. Undagi holatni tushundim. Boshqa hujumchilarga ham imkoniyat berishimiz kerak.


- Tabloda 88-daqiqa ketayotgan vaqtda bosh hakam o'yinga 5 daqiqa qo'shib berishdi. Siz bu borada etiroz bildirgandek ko'rindingiz...


- Yo'q, tablodagi vaqtdan kelib chiqib zaxira hakamiga savol berdim. Aytishicha, tablodagi vaqt bilan hakamlar o'yinni boshlagan vaqtda farq yuzaga kelgan. Tabloni ertaroq yoqib qo'yishgan. Bu o'yinga tasir ko'rsatgan deb hisoblamayman.


- Darvozabon SHerzod Abduraimovning harakati yuzasidan chora ko'rilishini aytgandingiz. Bu jarayon qanday kechayapti?


- Ochig'i Abduraimovdan bunday harakatni kutmagandim. U tarbiyali yigit edi. Tushunarsiz vaziyat bo'ldi. Buni oqlamoqchi emasmiz. SHundan kelib chiqib u bilan shartnomani bekor qildik.

Reyting: -2   

Fikrlar

-1   
09 apr 02:21:19
Cr7_
Shortan Futbol Klubi va Raxbariyati Axil Jamoa bo'lganida Abduraimov ga turib bergan bo'lishar edi !
Afsuski osongina futbolchi bilan shartnomani buzib quya qolishdi !
UFA ga Kechirim Hati Qilib Oldini Olib Shtrafini to'lab futbolchiga paddeshka kerak bo'ladigan vaqtda osongina voz kechish yo'lini tanlab qo'ya qolishadi !
Igvainning usha mashhur interyuvsi bor : Futbolchi pivami bir shisha idishga o'xshaydi foydalanilgandan keyin tashlab yuborishadi ! Qay holatda qanday farqi yoq !
Afsuski jamoa unday bo'lmaydi !
Distiplina 1-orinda to'g'ri ! Lekn futbolchini ham tushunish kerak emotsya yutqazyapti , to'g'ri proff futbolchi bunday qilmaydi lekn Shortan tarafini olsa bo'ladiku ! Onasini so'kkan bo'lishi mumkn buni hechkim bilmaydi !
Jamoa deganning ma'nosi mohiyati bor ! Hamma bir biro uchun turib berishi kerak edi !
Shaxsiy fikrim )
-1   
09 apr 00:35:42
El-Uzbek
Sho‘rtanni Super ligaga chiqaringlar yoki umuman tarqatib yuboringlar.Nechchi yillardan beri maqsadsiz, nomiga (xo‘jako‘rsinga) pro ligaga qatnashib yuribdi.Xalqni pulini havoga uchirish bu.Sho‘rtanga mutasaddi bo‘lganlarni endi ketar paylaringi bo‘ldi mard bo‘lib endi jamoani yosh ishbilarmon yigitlarga topshirig. Bizning Yoshligimiz bolalligimiz Shurtan jamoasiga muxlislik bn o‘tgan xozir xam albbatta.Shuning un bunga befarq qara olmaymiz olisda bo‘lsakda.
-2   
09 apr 01:35:48
Erkin Murodov
Йукол.анвар.хамма.жойни.кутинга.урдинг.ихтиёр.каримовга.бушатиб.бер.жойингни.уша.киши.чикаради.супир.лигага
championat.asia
Яндекс.Метрика