Ro'ziqul Berdiev: "Bunyodkor" 8-1 taktik sxemasida o'ynadi"
13 may 2024 22:29
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Bunyodkor" 8-1 taktik sxemasida o'ynadi"
O'yin haqida
- Uchrashuvni ko'rdinglar, raqib chuqur himoyalandi. Vaziyatlar haqida gapirmoqchi emasman, ko'plab hujumlar tashkil etdik. Gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, biroq himoyada yaxshi turdi. SHuningdek, "Bunyodkor" darvozaboni ko'rsatgan o'yinni ham alohida aytib o'tib ketish kerak. Bugun ular bizdan ochko tortib olishni uddalashdi, rejalarini buza olmadik.
- SHarof Muhitdinovda vaziyatlar bo'ldi, biroq uning zarbalari noaniq chiqdi. O'yin davomida boshqa futbolchilarda ham shu kabi holatlar kuzatildi. Bu nima bilan bog'liq?
- Barcha zarbalarimiz ham noaniq ketdi deb ayta olmayman. Ko'plab hujumlar tashkil etdik, darvoza tomon aniq zarbalar ham yo'lladik. Biroq raqib himoyada yaxshi turdi, darvozabon qutqargan vaziyatlar ham bo'ldi.
- Braziliyalik legioner Da Silva ko'p o'yinlarda zaxirada qolayapti. Uning transferi omadsiz chiqdimi?
- Zaxirada faqat u emas, boshqalar ham bor. Bir futbolchiga bog'lash kerakmas. Natijalarimiz yomon bo'lganida transfer omadsiz baholansa bo'ladi. Biz har doim o'yinga 100 foiz tayyor bo'lgan futbolchini asosiy tarkibga kiritamiz. Da Silva bizning chempionatga moslashishi uchun vaqt kerak.
- OKMK bilan o'yinda 4 talab gol urgan "Nasaf" bugun negadir gol ura olmadi. Bunga nima sabab bo'ldi deb hisoblaysiz?
- Olmaliq bilan o'yinda ochiq futbol edi. Bugun ko'rdingiz, raqib chuqur himoyalandi. Qizil kartochkadan so'ng 8-1 taktik sxemasida o'ynashdi. Bunday jamoaga gol urish juda qiyin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar