So’nggi yangiliklar

01:43ЖЧ саралаши. Норвегия Италияни "савалади"  1 00:47Ўртоқлик ўйини. Нигерия 2та гол урган ўйинда Россия билан дуранг қайд этди  0 00:15Постекоглу бу борада иккинчи бўлди  0 23:46Италия клуби банкрот деб эълон қилинди ва профессионал лигалардан четлатилди  2 23:07Тадбиркор Ўткир Юсуповга уч хонали уй совға қилди  5 22:50Гасперини: "Бу мен учун катта чақирув"  0 22:19"Интер" МЮ ҳужумчисини таркибига қўшиб олишга яқин  0 21:59"Аталанта" Иван Юрични бош мураббий сифатида эълон қилди  1 21:42Расман: Постекоглу истеъфога чиқарилди  0 21:21Эшитдик-да! Остон Ўрунов ўрнига Бобир Абдихолиқов термага чақирилди  23 21:12Расман: "Рома" янги бош мураббийини эълон қилди  5 20:55Суперлига 4-тур қолдирилган ўйинида "Хоразм" Навоийда "Қизилқум"ни йирик ҳисобда таслим қилди  15 19:48"Манчестер Юнайтед" 60 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 19:23Ла Лиганинг якунланган мавсуми учун энг яхши футболчи аниқланди  8 19:03ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон МТЖнинг Тошкентда кутиб олиниши  18

Anana buzildi! (qiziq faktlar) Yangiliklar

Anana buzildi! (qiziq faktlar)

O'tish o'yinida "Mashal" ustidan zafar quchgan "Olimpik" Superliga-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritganidan xabaringiz bor.

Mazkur bahsga oid qiziqarli malumotlarni taqdim qilamiz.

1. Bugungi o'yin O'zbekiston chempionatlari tarixidagi oltinchi pley-off o'yini bo'ldi. Bunga qadar 2015, 2016, 2018 va 2020 yillarda ham o'tish o'yini o'tkazilgan.

2015. "Oqtepa" 1:2 "So'g'diyona"

2016. "Navbahor" 3:1 "Norin"

2018. AGMK 1:0 "Istiqlol", "So'g'diyona" 3:1 "Mashal"

2020. "Neftchi" 1:3 "Andijon"

2. Kapadze shogirdlari quyi divizion jamoalarining o'ziga xos noxush ananasiga barham berdi. "Olimpik" — pley-offda g'alaba qozongan Pro liganing ilk klubi.

3. O'tish o'yinlarida 4-bor bir xil hisob qayd etilmoqda.

4. Timur Mamasidiqov Superliga pley-off bosqichida dubl qayd etgan 2-futbolchiga aylandi. Bu borada "Navbahor" vakili Alisher Mahmudov tanho edi (2016 yildan beri).

5. "Mashal" — Superliga pley-off bosqichida 2 bor mag'lub bo'lgan yagona klub (2018 yil "So'g'diyona"ga ham imkoniyat boy berilgandi).

6. "Mashal" o'tish o'yinlarida ikkala safar ham bir xil hisobda mag'lub bo'ldi (3:1). Muborakliklarning bu bosqichdagi 2 goli ham penaltidan urilgan.

7. Etiborli jihati, "Mashal" 2018 yilgi mag'lubiyatni ham aynan "Paxtakor" stadionida qabul qilib olgandi.

8. "Olimpik" — O'zbekiston chempionatining yuqori divizinida ishtirok etadigan tarixdagi 40-klub.

9. "Olimpik" Otabek Jo'raqo'ziev gol urgan o'yinlarda hech qachon yutqazmagan (6 o'yin).

10. "Mashal" o'z tarixida 2-marta quyi ligaga ravona bo'ldi (2017 yilda suniy tarzda tushirib yuborilgani hisobga kiritilmadi. "Gazchilar" o'sha yil chempionatda 8-bo'lishgandi).

11.   Aleksandr Xomyakov boshqaruvidagi jamoalar qatorasiga 2-bor Pro ligaga yo'l oldi (2020 yilda "Buxoro").

Superliga. Eng ko'p penalti belgilagan hakamni bilasizmi? (statistika)

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика