Aleksandr Krestinin: "Guruhdan chiqish imkoniyatini qo'ldan chiqarganimiz yo'q"
07 jan 2019 19:35
Yangiliklar


Aleksandr Krestinin: "Guruhdan chiqish imkoniyatini qo'ldan chiqarganimiz yo'q"
Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin Xitoyga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi uchrashuvi (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Uchrashuv kutganimdek kurashlarga boy bo'ldi. Xitoydan ko'proq xato qilganimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik.
Xitoyning taktikasi va futbolchilariga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rgan edik.
Aybdorlarni qidirmaymiz, natija uchun butun jamoa javob beradi. Xatto buyuk futbolchilar ham xato qiladi. Ushbu bahsdan to'g'ri xulosalar chiqarishimiz, navbatdagi o'yinlarda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak.
Guruhdan chiqish imkoniyatini qo'ldan boy berganimiz yo'q. Bor-yo'g'i bitta uchrashuv o'tdi va barcha imkoniyatlarimizdan foydalanishga harakat qilamiz.
Darvozabonimiz bilan alohida suhbatlashishga ulgurganim yo'q. Ertaga hammasini tahlil qilamiz" - deydi Krestinin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar