So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  5 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Abror Pirriev: "Terma jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning holati yaxshi" Yangiliklar

Abror Pirriev: "Terma jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning holati yaxshi"

Xabaringiz bor, ertaga Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga yo'l oladi.

Bugun terma jamoa futbolchilari mazkur yig'in oldidan tibbiy tekshiruvdan o'tishdi.
Tibbiy tekshiruv qanday o'tgani va uning yakunlari haqida milliy terma jamoa bosh shifokori Abror Pirriev gapirib berdi.

"Turkiya yig'ini Osiyo Kubogi oldidan so'nggi yig'in. Futbolchilar 29 dekabr kuni yig'inni tugatib, keyin oradan uch kun o'tgandan keyin Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l olishadi. SHu sababli katta musobaqa oldidan futbolchilarning jismoniy holati haqida xulosaga ega bo'lish uchun tibbiy ko'rik tashkil qildik.




Aytish kerakki, terma jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning holati yaxshi. Bu borada muammolar yo'q. Bugungi tekshiruvlar natijasiga qarab har bir futbolchining imkoniyatlari haqida alohida xulosa qilamiz. Keyin mazkur xulosadan kelib chiqib, ushbu futbolchiga mashg'ulotlar davomida qanday yuklamalar berish bo'yicha murabbiylar shtabi qaror qabul qiladi.

SHuningdek, bugungi tibbiy tekshiruvlarning muhimligi yana shundaki, tekshiruvlar natijasiga qarab qaysi futbolchiga musobaqa oldidan qanday yondoshish bo'yicha o'zimiz uchun maloumotga ega bo'ldik. Ana shu malumotlar asosida yig'in davomida futbolchilarni Osiyo Kubogiga tayyorlab boramiz. Ularga qanday vitaminlarni qaysi miqdorda berish, mashg'ulotlardan keyin tiklanish jarayonini qanday o'tkazish bo'yicha ham o'zimiz uchun aniq reja tuzib olamiz", - deya aytib o'tdi Abror Pirriev.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика