So’nggi yangiliklar

16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  16 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9

A Seriya. Prevyu. 13-turning oxirgi o'yinida kim g'alaba qozonadi? Yangiliklar

A Seriya. Prevyu. 13-turning oxirgi o'yinida kim g'alaba qozonadi?

Bugun A Seriya 13-turining so'nggi to'qnashuvi bo'lib o'tadi.

Kalyari   vs   Torino

Turning so'nggi bellashuvida "Kalyari" uyida turinning "Torino"sini qabul qiladi. 

O'tgan turda Marana shogirdlari (gap "Kalyari" jamoasi haqida ketmoqda) o'z muxlislarini yaxshi manoda xayron qoldirishga erishdilar. Ferrara shahrida bo'lgan o'yining 71-daqiqasida mezbonlar ikkinchi bor gol urishdi va tablodagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishdi. Ammo, lekin, biroq, qisqa vaqt ichida "Kalyari" futbolchilari ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qila olishdi va bellashuvda g'olib nomi aniqlanmadi. 

Oxirgi o'yinlarda "Kalyari" faqatgina "Yuve"ga mag'lub bo'ldi (1:3). SHuningdek jamoaning asosiy bombardiri Leonardo Pavolettining o'yinini etirof etish lozim. Uning hisobida 6 ta  gol mavjud.

"Torino" o'tgan turda kutilmaganda "Parma"ga yutqazib qo'ydi (1:2). Mag'lubiyatsiz seriya bo'lgan bo'lsada, jamoa o'yinida stabillik kuzatilmayapti. Maccari jamoasi safarda yaxshiroq natija ko'rsatmoqda, klub mehmonda, uydagidanda ko'proq ochko ishlab olishdi.

Bo'lajak bahs "buqalar" uchun oson o'tmasligi aniq, "Kalyari" o'z uyida deyarli ochko yo'qotmayapti. So'nggi 5 o'yinning 2 tasi g'alaba, qolganlari durang bilan yakunlandi.

SHubhasiz, bizni murosasiz va qiziqarli uchrashuv kutib turibdi.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика