Zuma "Chelsi"ni tark etmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2017
"Chelsi" himoyachisi Kurt Zuma London klubini joriy yozda tark etish niyatida emas.

Oldinroq "Chelsi" Zumani boshqa klubga berib yuborishi mumkinligi e'lon qilingandi. Futbolchiga "Nicca" va "Marsel" qiziqish bildirmoqda.

"Ketish niyatim yo'q. "Chelsi"da baxtliman. Ha, klublar qiziqishi haqida eshitdim, yoqimli, ammo "Chelsi"dagi faoliyatimni to'xtatmoqchi emasman. Maqsadim kelasi mavsumda ham shu erda o'ynash. Tinimsiz mehnat qilishim kerak" - deydi Zuma.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror