"Vest Xem" Zumaning transferini e'lon qildi

Alisher
29 avg 2021, 07:48
Himoyachi Kurt Zuma "Vest Xem"ga o'tdi.

28 avgust kuni klub rasmiy sayti "Chelsi" o'yinchisining transferini e'lon qildi.

O'yinchining shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan. Bitim shartlari oshkor etilmayapti.

26 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Chelsi" safida 36ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: whufc.com