Zukko muxlis tanlovi. Dastlabki g'olib aniqlandi

Narzulla Saydullayev
26 sen 2013, 12:18
Kecha saytimizda birinchi marta “Zukko muxlis tanlovi” bo'lib o'tdi.
O'zbekiston kubogiga atalgan 5ta savol muxlislar hukmiga havola qilindi. Savollarning javoblari bilan tanishib oling.

1.  O'zbekiston kubogi finalida bir necha marta jamoani bosh murabbiy sifatida boshlab tushgan ammo g'olib bo'la olmagan murabbiyni toping.  
Javob: Bahrom Hakimov. “Temiryo'lchi” va “Nasaf” bilan finalda ishtirok etib ikkalasida mag'lub bo'lgan.

2.  Mamlakat kubogining final uchrashuvlarida bir qiziq holat ikki marta kuzatilgan. Finalda ishtirok etgan ikki futbolchi ketma-ket ikki final uchrashuvida jamoasini o'zgartirishiga qaramasdan g'olib bo'la olmagan. Qiziq tomoni har ikki futbolchi birinchi yil o'z jamoasi bilan mag'lub bo'lgan bo'lsa, keyingi yil sobiq jamoasiga mag'lub bo'lgan. Shu ikki futbolchini toping.   
Javob: Shuxrat Maqsudov va Ignatiy Nesterov.

3.  O'zbekiston kubogi bahslarida sermahsul futbolchilar borligi shubhasiz. Kubokning bir mavsumida eng ko'p gol urib to'purar bo'lgan futbolchi kim va u nechta gol urgan?
Javob: Mirjalol Qosimov 1993 yil 17ta gol urgan.

4.  Bugun ikki futbolchi uzoq vaqtdan beri ushalmayotgan orzusi ro'yobga chiqish arafasida. Har ikkisi ko'p marta kubok finalida o'ynagan ammo kubok sohibi bo'lish nasib etmagan. Bu ikki futbolchi kim bo'lishi mumkin?  
Javob: Botir Qoraev  va Anvar Berdiev (Anvar Berdiev kecha nihoyat kubok sohibiga aylandi).

5.  Kubok bahslarida eng sermahsul o'yinni eslab ko'ring. O'sha o'yin hisobini ham topsangiz tasanno!
Javob: “Buxoro” – “Xo'jayli” 16:0.


Bu savollarning to'rttasiga Abdulboriy Abdusattarov (bahodirmirzo) aniq javob bergan. Shu sababli bu o'quvchini g'olib deb e'lon qilamiz va FIFA.UZ logotipi tushirilgan futbolka topshiramiz. Sovg'ani olish uchun sayt mamuriyati bilan bog'lanishingiz mumkin.  

Eslatib o'tamiz, har chorshanba kuni “Zukko muxlis tanlovi” bo'lib o'tadi. Saytimizni kuzatib boring. Futboldagi bilimingizni sinab ko'ring va sovg'alarga ega bo'ling.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia