

“O'yin boshida o'tkazib yuborgan gollarimiz bizga salbiy ta’sir qildi. “Lokomotiv” ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Tezkor gollar bo'lmaganida natija boshqacha bo'lishi mumkin edi.
Jamoa deyarli boshqattan tuzilgan. Umid qilamanki, vaqt o'tib barchasi joyiga tushib ketadi.
Keyingi “Neftchi”ga qarshi bo'ladigan o'yinga finalga chiqqandek chiqamiz. Bugungi natijadan so'ng muxlislarimiz oldida g'alaba qozonmasak bo'lmaydi”, - deydi Pirimov.


