

"O'yin haqida nima deyishim mumkin. Vodiy derbilari har doim shunday shiddatli tarzda o'tadi. Bugun yaxshi harakat qildik. Lekin omad mezbonlarga kulib boqdi.
Ikkinchi bo'limda ham maqsadimiz shu-shu edi. Lekin kiritilgan gol rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Buning ustiga qizil kartochka ham rejamizni buzdi. Aynan o'sha futbolchining o'rniga hujumchi tushirmoqchi edik", - deydi Zohid Nurmatov.



