Zohid Nurmatov: “Bugun Ashurmatov yetishmadi”

Aslanov Jasurbek
16 may 2015, 20:25
Avvalgi turda olgan qizil kartochkachi tufayli o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan Baxtiyor Ashurmatovning o'rniga matbuot anjumanida uning yordamchisi ishtirok etdi.

“Bugun shiddatli vodiy derbisini guvohiga aylandik. Biz maydonga raqib jamoani hurmat qilgan holda tushgan edik. Uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, yaxshi o'yin namoyish etdik deb o'ylayman. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Afsuski himoyadagi qo'pol xatolar evaziga mag'lubiyatga uchradik”, - deydi Zohid Nurmatov.

So'zini davom ettirar ekan, katta murabbiy quyidagilarni qo'shimcha qilib o'tdi:

- ''Andijon'' jamoasi bu yil ancha muvaffaqiyatli o'ynamoqda. Ular shu kungacha o'z o'yinlarini topib olishga muvaffaq bo'lganliklariga amin bo'ldik. Mag'lubiyatga uchralgandan keyin butun jamoa aybdor bo'ladi. O'yindan keyin bahs yozilgan videoni ko'rib kerakli xulosalar chiqaramiz. Ungacha men hech bir futbolchini ayblashga jurat eta olmayman. Bugun jamoamizga bosh murabbiyimiz Baxtiyor Ashurmatov yetishmadi deb o'ylayman. Bosh murabbiy bo'lganida balki muvaffaqiyatga erishgan bo'larmidik?


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia