Zlatko Dalich: "Ispaniyaga qarshi uchrashuvdan so'ng, tiklanishga ulgurmadik"

18 noya 2018, 22:47
Xorvatiya bosh murabbiyi Zlatko Dalich Angliyaga yutqazganidan keyin fikr bildirdi.

"Birinchi bo'limni sust o'tkazdik. Gol urganimizdan so'ng, bizda bir qancha imkoniyatlar bo'ldi. Ammo, angliyalik himoyachilar o'z ishlarini a'lo darajada bajarishdi. Asosiy muammoimiz shundaki, Ispaniya bilan bahsdan so'ng tiklanib olishga ulgurmadik. Katta tanlovga ega bo'lmaganim uchun 5-6 o'yinchini rotaciya qila olmadim. Jismoniy jihatdan yutqazib qo'ydik" - dedi Dalich.

O'xshash yangiliklar


Manba: TMW