Zlatan Ibragimovich Shvetsiyada 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
25 noya 2020, 09:12
Zlatan yana bir sovringa ega chiqdi.

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyatida 12-marta Shvetsiyada yil o'yinchisi deb topildi. Shvetsiya “Oltin to'pi” Aftonbladet  tomonidan 1946 yildan beri Shvetsiya futbol assotsiyasi bilan hamkorlikda topshirib kelinadi.

Zlatan o'zining ilk “Oltin to'p”ini 2005 yilda yutgandi. So'nggi bor esa 2016 yilda qo'lga kiritgandi. O'shanda futbolchi Shvetsiya terma jamoasidagi faoliyatini ham yakunlagandi.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Express