Zlatan Ibragimovich: "Men dunyoni zabt etdim, endi Shvetsiya bu ishni qilmoqda"

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2018, 15:30
Shvetsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich shvedlarning JCH-2018dagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.

"Mundial boshlanishidan oldin ular uzoqqa borishini va chempion bo'lishini aytgan edim. Juda xursandman. Shved ekanligimdan faxrlanaman, hamma joyga Shvetsiya bayrog'i bilan boryapman.

Dunyoni egalladim, endi bu ishni Shvetsiya terma jamoasi bajarmoqda. Shvetsiya raqibini juda qiyin bahs kutib turibdi.

Ular shu ruxda davom etadi deb umid qilaman. Shveytsariya bilan uchrashuv oson bo'lmaydi, bu Yevropa jamoalari o'yini.

Shvetsiya ikki Yevropadan bo'lmagan jamoani mag'lub etdi, ammo Germaniyada taslim bo'ldi. Biroq hozir bu ahamiyatga ega narsa deb o'ylamayman. Ular bor kuchini ishga solishadi, biz esa ularni qo'llab-quvvatlaymiz" - deydi Zlatan Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As