Zinchenko "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
22 dek 2020, 11:29
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning oldida A Seriya jamoalaridan taklif bor.

"Daily Express" xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining xizmatlariga "Yuventus" hamda "Napoli" jamoalaridan qiziqishlar bo'lmoqda. Zinchenkoning transferi qishdayoq amalga oshirilishi mumkin.

Zinchenko ushbu mavsumda 5 o'yinda qatnashdi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express