Zinchenko: "Kompani ketganida baqirib yuborganman"

Alisher
22 iyul 2019, 11:41
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko jamoaning sobiq sardori Vensan Kompanining ketgani haqida fikr bildirdi.

"Men hali ham ko'p narsalarni o'rganyapman va aytishim mumkinki, u menga juda katta yordam bergan. Maydon tashqarisida, o'yinda undan ko'p narsalarni o'rgandim. U mashg'ulotlardan so'ng men bilan 40 daqiqa ishlardi va men yaxshiroq o'ynashni boshlardim", - deydi Zinchenko.

"Kompanining ketishini hech kim kutmagan edi. To'g'risi, baqirib yubordim.  Men Vensan bilan aloqada qolishni istayman, u men uchun haqiqiy afsonadir".

Kompani "Manchester Siti"dan mavsum yakunlangandan so'ng ketgan va shundan so'ng o'ynovchi murabbiy sifatida "Anderlext"ga yo'l olgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Daily Mail