Zidanning agenti mijoziga mos tushadigan jamoa nomini aytdi

Mirjalol Normatov
9 okt 2018, 19:45
Murabbiy Zinedin Zidanning agenti Alan Milyachchoning aytishiga ko'ra, mijozi kelajakda "Yuventus"da ish boshlashi mumkin.

"Fikrimcha, unga "Yuventus" mos keladi. Chunki tomonlarning o'tmishi bir-birini bog'lab turadi. Zidan boshqa klubda ishlashi mumkin. Biroq ularning loyihasi qiziqroq bo'lishi kerak. Ammo u 2019 yildan keyin ishga qaytadi", - dedi agent.

Oldinroq fransiyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"da ish boshlashi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Journal de Dimanche